Ertalabki badantarbiya. Ertalabki badantarbiya bolalar kun tartibida eng asosiy
o’rinni egallaydi. Uni har bir o’quvchi uyqudan turib, o’z o’rnini yig’ib olgandan so’ng
bajarishi kerak. Badantarbiya tananing har hil a’zolari uchun beriladigan 5-6 ta
mashqdan iborat.
43
Ertalabki yuvinish-taranish. O’quvchi ertalabki badantarbiyadan keyin tishlari
va yuz-qo’llarini tozalab yuvib, so’ngra kiyinadi.
Ovqatlanish. Kun davomida siz kamida uch marta ovqatlanasiz: nonushta, tushlik
va kechki ovqat. Ertalabki yuvinish-taranishdan keyin nonushta qilinadi. Maktabdan
qaytib kelganingizdan keyin tushlik qilasiz. Yotishdan bir necha soat oldin kechki
taomni tanovul qilasiz.
Maktabda o’qish.
Bu o’quvchi uchun
mas’uliyatli ishlardan biri. U darsda
yozadi, o’qiydi, sanaydi. Odamlar, hayvonlar,tabiat, yangiliklar haqida qiziqarli
ma’lumot oladi.
Ochiq havodasayir qilish va o’yin-kulgi. O’quvchi har kuni 4-5 soat
ochiq havoda dam olish kerak. Shundan so’ng ota-onalariga uy ishlarida ko’mak berishi
lozim.
Uyda dars tayyorlash. Maktabda uyda o’qib va yozib kelish uchun
vazifa beriladi. Uni o’z vaqtida bajarish kerak. Uy vazifasi tushlik va kunduzgi sayrdan
keyin bajarilgani maqul.
Kechqurungi yuvinish-taranish. Kechqurun uyqudan oldin tish tozalab yuviladi.
Har kuni qo’l va oyoqlarni sovunlab yuvib, keyin yotish foydalidir.
|