Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

 
3-sinf. 
Jismoniy tarbiya nima beradi? 
Jismoniy tarbiya – pedagogik jarayon bo’lib, jismoniy mashqlar orqali kishini 
har tamonlama kamolotga erishtirish. 
Bu jarayonda aqliy, axloqiy, estetik va mehnat va 
boshqa tarbiya amalga oshirildi.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi - sog’lom, baquvvat, xushchaqchaq, botir, 
dovyurak, jasur, har tomonlama rivojlangan, mehnat va batan himoyasiga tayyor turgan 
kishilarni tarbiyalashdan iborat.
Siz jismoniy tarbiya darslarida:
- hayotda zarur bo’ladigan juda ko’p muhim harakat, malaka va ko’nikmalarni 
egallaysiz, jismonan yaxshi rivojlanasiz;
- kishi hayotida jismoniy tarbiya juda katta ahamiyatga ega yekanligini tushunib 
etasiz; - sog’lom bo’lish uchun kun tartibidagi ertalabki gigiyenik gimnastikada 
qanday mashqlardan foydalanishni, aqliy ishni jismoniy mehnat bilan birga qo’shib olib 
borishda qanday shart-sharoitlarga rioya qilishni bilib olasiz;
- qisqa va uzoq masofaga yugurishni, 4x10 m ga mokisimon yugurishni, 
uzunlikka va balandlikka sakrashni, koptok uloqtirishni, turnikda tortilishni, gimnastika 
devoriga tirmashib chiqishni, muvozanat saqlash hamda akrobatika mashqlarni 
bajarishni, suzishni, kross tayyorgarligi, harakatli o’yinlarni, basketbol, futbol, valeybol 
o’yini qoidalarini o’rganasiz.
Jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shug’ullanib borish sizning to’g’ri 
va go’zal qad-qomatga ega bo’lishingizga imkon beradi. 
Jismoniy tarbiya darslarida egallangan malaka va ko’nikmalar esa hayotda 
jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug’ullanishda kerak bo’ladi. Bularning barchasi 
maktab sport to’garagida, bolalar va o’smirlar sport maktabida muvaffaqiyatlarga 
erishishingizda yordam beradi. Qo’lingizdagi kitobda siz o’rganib olishingiz va 
egallashingiz kerak bo’ladigan harakarlar, yordamchi mashqlar, qanday o’quv 
me’yorlarini topshirish lozim ekanligi tushuntirilgan. Siz har bir mavzuni diqqat bilan 
o’qib, ularda berilgan bilimlarni to’liq o’zlashtirishga harakat qiling.


46

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin