Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi


Tozalik – salomatlik garovi



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

Tozalik – salomatlik garovi.
 

Odam sog’lom va bardam yurishi uchun tanasi va kiyimlarini toza va orasta 


tutishi kerak. Kiyimlari toza ko’rinishi yoqimli, Xulqi chiroyli bolalarning do’stlari 
ko’p bo’ladi. Ularni hamma hurmat qiladi.Kiyim-boshlari, yuz-qo’llari kir-chir yurgan 
bolalar bilan hyech kim o’rtoq bo’lgisi kelmaydi.
 
 
 
 
 
Qo’l parvarishi. 
Iflos qo’llar sog’lik uchun juda zararli. Shuning uchun qo’lni har doim, ayniqsa, 
ovqatlanishdan oldin sovunlab yuvish kerak. Tirnoq olishni esdan chiqarmaslik kerak. 
Oyoq parvarishi. 
Oyoqni har kuni, uyqu oldidan iliq suvda sovunlab yuvganingiz maqul. Bu 
charchoqni tez yengishga yordam beradi. Oyoq tirnog’ini muntazam ravishda olib turish 
kerak. 
Ko’z parvarishi
Odatda, ertalab va kechqurun yuzni yuvish vaqtida ko’z qavog’i yuviladi.Ko’z 
ham belgilangan mashqlar bilan tarbiyalash zarur.Sport maydonchasida bo’lganda, 
ko’zga biror narsa tushganda ko’zning tashqi burchagidan burun tomondan qarata 
yuvish kerak.
Tish parvarishi. 
Tishlarni ertalab uyqudan turgach hamda kechqurun uyqu oldidan tish pastasi bilan 
yuvish lozim. Tishni tozalaganda milkni avaylash kerak. Pastali cho’tkani tishning ichki 
va tashqi tomonidan, o’ngdan chapga va yuqoridan pastga harakatlanishi zarur. Suv va 
turli mahsulotlarni o’ta sovuq va issiq holda istemol qilish tish uchun zararli 
hisoblanadi. 
Jismoniy tarbiya

Jismoniy tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil qilish organizmni chiniqtirish va 
rivojlantirishda katta ahamiyatka ega. Inson hayotida jismoniy mashqlar katta 
ahamiyatga ega. Birinchidan, hayotda har kim jismoniy jihatdan sog’lom, kuchli 
bo’lishni isaydi.
Ikkinchdan, tan sog’lig’i fikrning tiniqligiga va ahloqiy poklikka olib keladi. Fikr 
va ahloq bilan mijoz va sog’lomlik orasida kuchli bir bog’lanish bor. Jismoniy 
mashqlardan maqsad butun tana a’zolarining o’z vazifalarini mukammalbajarishini 
taminlashdan iborat.
A’zolarimizning ba’zilarining quvvati oshirib, bazilarini esa quvvatsiz holda 
qoldirishmaqsadni amalga oshirish imkonini bermaydi. Tana a’zolarining turli 


50
harakatlaridan iborat bo’lgan gimnastika mashqlari, ot minish, suvda suzish, futbol 
o’yini kabi turli mashqlar badan tarbiyasi uchun juda zarurdir. Ota-bobolarimiz 
"Harakatda barakat" deganlaridek, faol jismoniy mehnat va badan tarbiyasi salomatlik 
garovidir. Shular qatorida turli sport turlari bilan muntazam shug’ullanib borish 
jismoniy kamolatga etishish imkonini beradi. Siz o’zingizga yoqqan sport turini tanlab 
olib mustaqil va muntazam ravishda shug’ullanib borsangiz, orangizdan mashhur 
sportchilar etishib chiqishi mumkin va ular sport bellashuvlarida O’zbekiston bayrog’ini 
yanada balandroq ko’tarishlariga ishonchimiz komil. Buni siz, albatta, uddasidan 
chiqasiz. 

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin