63
0,5 m masofada 6-8 ta to’ldirma to’p turadi. Guruhda birinchi bulib turgan o’yinchilar
ko’zlari bog’liq holda to’ldirma to’p oldida turadilar.
Ishora berilgach, ko’zi bog’langan o’yinchilar to’p orasidan goh chap, goh o’ng
tomonga ilonizi bo’lib yuradilar. Oxirgi to’pga yetgach, ko’zlarini ochib,
navbatni
ikkinchi o’yinchilarga, so’ngra navbatni uchunchi o’yinchilarga beradilar. To’ldirma
to’plarga tegmasdan o’tgan o’yinchilarga 2 ochko beriladi. O’yinda ko’p ochko
to’plagan guruh g’olib chiqadi.
"To’p o’rtadagi o’yinchiga" o’yini.O’yinchilar bir
nechta davra hosil qilib
turadilar. Har birining o’rtasida bir o’yinchi bitta to’p ushlab turadi. U to’pni navbati
bilan guruhdagi o’rtoqlariga
tashlaydi, ular to’pni unga qaytaradilar. To’pni oxirgi
o’yinchidan
qabul qilib olgach, o’rtadagi o’yinchi to’pni yuqoriga ko’taradi. To’p
uzatishni birinchi bo’lib tugatgan guruh
o’yinda g’olib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: