60
Velosipedda, samokatda uchish. Bu o’yin ham tezkorlikka, chaqqonlikka,
muvozanat saqlashga va fazoni tasavvur qila bilshga o’rgatadi.
Gardish dumalatib poyga o’ynash. Bu o’yin juda qiziqarli o’tadi.
Gardishni bir
tekisda dumalatib yugurish hammaning ham qo’lidan kelavermaydi. Buning uchun
muntazam shug’ullanish kerak.
Pirpirak bilan yugurish. Pirpirakni hamma o’zi yasashi mumkin. Pirpirak
tomonlari 10-12 sm bo’lgan to’rt burchak qog’ozdan yasaladi.
Har bir burchakdan
diogonal bo’ylab o’rtasigacha (5sm) yetkazmasdan qirqiladi va to’rtta uchuni o’rtaga
bukib, uni qalam, ruchka yoki yog’ochdan yasalgan tayoqchaning uchiga o’rnatiladi.
Tayoqchani ushlab qanchalik tez yugurilsa, u shuncha tez aylanadi.
Xo’rozlar jangi o’yini . O’yin maydonchada o’tkaziladi. Yerga diometri 2 m li
doira chiziladi. Hamma o’yinchilar 2 ta guruhga bo’linadilar
va doira yonida bir-
birlariga yuzma-yuz bo’lib, ikkita qatorga saflanadilar. Har bir guruhdan bittadan sardor
tayinlanadi.
Sardorlar o’z guruhlaridan bitta o’yinchini doiraga yuboradilar. Doiraga kelgan
o’yinchilar qo’llarini
orqaga qilib, bir oyoqlab turadilar. Ruxsat berilgan zahoti, ular
bir-birlarini yelkalari bilan turtib, doiradan itarib chiqarishga harakat qiladilar. O’z
raqibini doiradan itarib chiqara olgan o’yinchi g’olib hisoblanadi
va guruhi uchun bir
ochko yutgan bo’ladi.
Undan keyin doira o’rtasiga sardorlar tanlagan navbatdagi "xo’rozlar" jufti
tushadi. O’yin hamma o’yinchlar "xo’roz" rolini bajarib bo’lgunlaricha davom ettiriladi.
Yeng ko’p ochko to’plagan guruh g’olib hisoblanadi. O’yin davomida kim qo’llarini
tushursa, ikkinchi oyog’ini ham yerga qo’ysa, o’sha yutqazgan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: