Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi


-sinf.  Harakatli o’yinlar



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

3-sinf. 
Harakatli o’yinlar. 
Bolajonlar! Harakatli o’yinlar sizning jismoniy jihatdan baquvvat bo’lib 
o’sishingizga, salomatligingizni yaxshilashga, chiniqishingizni, organizmingiz va 
umumiy ish qobiliyatingiz yanada mustahkamlanishiga yordam beradi. Shuningdek
harakatli o’yinlar birodarlik, tashkilotchilik hamda vatanparvarlik tuyg’usini 
tarbiyalaydi. O’yinni boshqarish uchun hakam va hakamning yordamchilari tayinlanadi.
O’yin jarayonida mustaqil ravishda yoki o’rtoqlari bilan birga biror masala 
yuzasidan qaror qabul qilish malakalari hosil bo’ladi. Shunday qilib, o’yinlar bolalar 
hayotida katta ahamiyatga ega. Demak, ilgari ortirilgan bilimlarning 
mustahkamlanishiga erishish uchun o’yinlarni tez-tez o’ynab turish foydidir. 
Kun va tun.O’yin maydonchada yoki zalda o’tkaziladi. Maydon o’rtasiga 
bir-biridan 1-1,5 m masofada chiziqlar chiziladi, chiziqning ikki tomonida 10-20 m 
masofa uzoqlikda "uylar" ajratiladi. O’yinchilar "kun" va "tun" jamoalariga bo’linib, 


61
markazlardagi chiziqlarda saflanadilar. Ular bir-birlariga qarab yoki yon tomonlari 
bilan, yoki "uylari"ga qarab saflanishadi.
O’qituvchi to’satdan "kun!" deb buyruq beradi. Bunda "tun" jamoasining 
o’yinchlari o’z "uylari"ga qochishlari, "kun" jamoasining o’yinchilari ularni tutishlari 
lozim. Shundan so’ng tutilgan o’yinchilar sanaladi va ular yana jamoasiga qaytib 
keladilar. Jamoalar yana markazdagi chiziqlarga saflanadilar. O’yin davom ettiriladi. 
O’qituvchi "tun" buyrug’ini berganida "kun" jamoasining o’yinchilari o’z "uylariga 
qochadilar. O’yinda ko’proq o’yinchilarni tutgan jamoa g’olib hisoblanadi.

Yugurish estafetasi. O’yinchilar uch jamoaga bo’linib, maydonda saflanadilar. 
Maydonning bir tomoniga start chizig’i chiziladi. Undan 15-20 m nariga orasi 1,5 m 
dan qilib uchta chambarak qo’yiladi.
O’qituvchining buyrug’i berilgach, jamoaning birinchi o’yinchilari startdan 
yugurib chiqadilar, ro’paralaridagi chambaraklarni aylanib, so’ng o’ng tomondan 
orqalariga qaytadilar va startda turgan navbatdagi o’yinchilarning kaftlariga qo’llarini 
tekkizadilar va o’z joylariga borib turadilar. Navbatdagi o’yinchilar ham o’yinni xuddi 
shu tarzda bajaradilar. O’yin 2-3 marta takrorlanadi. Yugurishni boshqalarga nisbatan 
oldinroq bajargan jamoa o’yinda g’alaba bo’ladi.

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin