Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi


Dars – bu jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining tizimli shakli bo’lib sinflarda



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

Dars – bu jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining tizimli shakli bo’lib sinflarda 
dars jadvali asosida o’quv dasturi mavzularini o’qitish jarayonidir
Ya’ni jismoniy tarbiya darslari umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartiga 
ko’ra o’quv dastur asosida o’qitiladi. Umumta’lim maktablari o’quv rejasida 
belgilanganidek haftasiga 2 soatdan bir o’quv yiliga 68 soat jismoniy tarbiya darslari 
o’qitilishi belgilab qo’yilgan. Ta’kidlaganimizdek dasturlarida 1 – 4 – sinflarda 
jismoniy tarbiya darslari imkoniyatiga qarab maktab hisobidagi soatlardan 3 – 5 
soatgacha ko’paytirish mumkinligi alohida ko’rsatib o’tilgan. 
Shuningdek milliy mintalitet, milliy qadriyatlarni hisobga olib 8 – 9 – sinf 
qizlariga dars alohida o’tkazilishi yo’lga qo’yildi. Ammo bu imkoniyatlardan ba’zi bir 
maktablargina foydalanayotganligini ta’kidlab o’tish zarur. 


72
Jismoniy tarbiya uslubiyatida jismoniy tarbiya darslari o’quvchilar jismoniy 
tarbiyasining asosiy shakli bo’lib, har bir darsda alohida vazifalar hal etilishi ko’rsatib 
o’tilgan. 
Jismoniy tarbiya darsining vazifalari 
Jismoniy tarbiyaning ta’lim berish, tarbiyalash, sog’lomlashtirishdek umumiy 
vazifalaridan kelib chiqib har bir dars uchun aniq hususiy vazifalar qo’yiladi. Vazifalar 
“o’rgatish”, “takrorlash”, “mustahkamlash”, “nazorat olish”dek mazmunga ega bo’lishi 
nazarda tutiladi. 
Ta’limning ayrim vazifalarini bajarish uchun nisbatan uzoq vaqt yoki qator ketma-
ket darslar jarayonida amalga oshiriladi. Ba’zi vazifalar esa bir darsda hal etilishi 
mumkin. Masalan turnik yoki brusda berilgan mashqlar majmuasi ketma-ketlik bilan 
qator darslarda o’zlashtiriladi. 
Jismoniy tarbiya darslari jarayonida nafaqat harakat malaka va ko’nikmalari, jismoniy 
fazilatlar tarbiyalanadi, balkim aqliy, ahloqiy, etik, estetik tarbiya kabi tarbiyaning 
boshqa turlarini ham tarbiyalash nazarda tutiladi. Shuningdek turli o’yinlar, 
musobaqalar orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlar singdirib boriladi. Masalan bitta 
o’yin orqali milliy iftixor, millatparvarlik, vatanparvarlik tuyg’ularini singdirish 
mumkin. 
Jismoniy tarbiya darslarida mashqlarni to’g’ri tashkil etish, sanitariya-gigiyena 
qoidalariga rioya qilish orqali sohlomlashtirish vazifasi hal etiladi.

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin