76
Aralash darslar mazmuniga ko’ra o’quv dasturi tarkibidagi bir necha bo’lim
materialini o’qitishni, o’zlashtirilmagan, o’zlashtirilib, takomillashtiriladigan materialni
o’qitishga qaratiladi. Bunday darslarda o’quvchilar bir necha guruhlarga bo’linib, dars
davomida o’zlashtirmagan mavzulari ustida o’qituvchi nazarati va rahbarligida
ishlaydilar.
Majmuaviy darslarning mazmuni o’quv dasturining tartibidagi bir necha bo’lim
materialar bo’yicha tashkil etiladi. Ya’ni aniq pedagogik vazifalarga ko’ra
bir darsni
o’zida bir necha mavzu (voleybol, yengil atletika, kurash, gimnastika va x.k.) o’qitiladi.
Bunday darslar amalda kam tashkil etiladi.
Jismoniy tarbiya bo’yicha ishlanma (konspekt) tuzish usuli
Jismoniy tarbiya darsining ishlanmasi (konspekt, bayonnoma) o’quv ishlarini
rejalashtirishning eng asosiy hujjati hisoblanadi. Dars ishlanmasini
puxta tuzilishi
darsni samarali o’tishini ta’minlashga katta ta’sir ko’rsatadi. Dars ishlanmasi
tuzishga konkret talablar qo’yilsada uni puxta va na’munali tuzish o’qituvchidan ijodiy
yondoshuv bilim va tajriba talab qiladi. Na’munali davr talabiga mos yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanib tuzilgan dars ishlanmasini tuza olgan o’qituvchi
albatta
ushbu rejaga ko’ra samarali dars ham o’tib bera oladi deyish mumkin. Dars ishlanmasi
har bir sinf uchun har bir darsga muljallab tuziladi. Albatta 1 soatga mo’ljallangan dars
ishlanmasi o’quv jarayonini tashkil etishga doir hujjatlarga mos bo’lishi kerak. Dars
ishlanmasi umumiy o’rta ta’limning DTSga jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv dasturiga,
o’quv ishlarining yillik,
choraklik, oylik va haftalik rejalariga mos bo’lishi nazarda
tutilmog’da. Umumiy pedagogikada. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodi.
Novikov A.D, Matveyev A.P, Maxkamjonov K.M, Abdullayev A, Rafiyev X,
Salomov
R.S, Xo’jayev P kabi mutaxasislarni tavsiyalariga ko’ra turli shakldagi dars
ishlanmalaridan foydalanish mumkin. Hozirgacha ishlab chiqilgan dars ishlanmalariga
va shaxsiy tajribalarga tayanib qo’yidagi dars ishlanmasini na’muna sifatida tavsiya
etamiz. Ushbu ishlanma dars ishlanmalari ichida har jihatdan o’qituvchi
uchun qulay
hisoblanadi.
77
Har bir dars uchun tuzilgan dars ishlanmasining puxta tuzilishi, vazifalarni to’g’ri
qo’yilishi darsni samarali tashkil etishni ta’minlaydi. Quyida 3-sinflar uchun na’muna
sifatida dars ishlanmasi beriladi.
Dostları ilə paylaş: