73
toza havo bilan ta’minlanganligi, o’qituvilarni sport kiyinlarida bo’lishi kabilar nazarda
to’tiladi.
2.Darsni moddiy texnik jihatdan ta’minlanganligi. Darsni moddiy texnik
ta’minlash bu dars samaradorligi ta’minlashga imkon beradigan, qo’yilgan
vazifalarni
to’liq hol qilish uchun xizmat qiladigan jihozlar, anjomlar va dars joyi tushuniladi.
3.O’qituvchi tomonidan darsda o’quvchilar faoliyatini tashkil etishni eng to’g’ri
samarali usullarni ko’llay olishi, dars zizligini oshiradi, samaradorligini ta’minlaydi.
Jismoniy tarbiya darsini tuzilishi
Jismoniy tarbiya darslari bilan bog’liq masalalarning
eng asosiylaridan biri bu
darsning tuzilishidir. Darsning to’zilishi, dars strukturasi degan atamalar 1940 yillarda
pedagogikaga kirib kelgan.
Darsning tuzilishi – bu dars qismlari soni, ularni ketma ketligi va mazmuni,
davomiyligidir – deb ta’rif berish mumkin.
Darsni tuzilishiga oid maxsus-ilmiy adabiyotlarda mutaxasislar
tamonidan turiga
fikrlar bildirilgan. Masalan ba’zi mutaxasislar darsni kirish – tayyorlov – asosiy –
yakuniy qismlardan iborat deb biladilar. Yana bir qator mutaxassislar
jismoniy tarbiya
darslari tashkiliy – asosiy – yakuniy qismlardan iborat deb hisoblanadi.
Ammo bunday baxs – munozara va fiqrlarga chek qo’yilgan. Bugungi kunda
jismoniy tarbiya darslarituzilishiga ko’ra uch qismdan iborat va ular darsning tayyorlov
qismi,
darsni asosiy qismi, darsni yakuniy qismi deb nomlanadi.
Darsning tayyorlov qismida o’quvchilarni har tomonlama darsni asosiy qismida
bajarilishi lozim bulgan asosiy vazifalarga tayyorlab olishdan iborat bo’lib bu qismga 8
– 12 minut ba’zan ko’prok vakt rejalashtiriladi.
Darsning asosiy qismida o’qituvchi tomonidan to’zilgan dars ishlanmasiga ko’ra
sinfda jismoniy tarbiyadan o’quv dasturida belgilangan yangi mashqlar o’qtiriladi, yoqi
avval o’qitilgan mashqlar takrorlanadi, takomillashtiriladi. Jismoni tarbiya darslarini
asosiy qismi uchun 25-30 daqiqa vaqt ajratilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Darsni asosiy qismini tashkil etish turli xil bo’lishi mumkin. Ya’ni jismoniy tarbiya
bo’yicha DTS va o’quv dasturi bo’limlari (gimnastika, yengil atletika, suzish, kurash,
74
sport o’yinlari, harakatli o’yinlar) ni o’quv materialini o’qitish darsni asosiy qismini
turli usullarda tashkil etishni talab etadi.
Darsni yakuniy qismi uchun 3-5 daqiqa sarflanadi. Unda darsni asosiy qismida
o’quvchilar olgan jismoniy
nagruzka holati pasaytiriladi, yengil mashqlar bilan
yakunlanadi. O’quvchilar rag’batlantiriladi, lozim bo’lsa topbeh beriladi, baholanadi va
uyga vazifa beriladi. Uyushgan holda dars utilgan joydan chikib ketiladi. Dars
qismlarini to’g’ri tashkil etilishi darsni uzliksizligini va samaradorligini ta’minlashga
katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Dostları ilə paylaş: