66
tomonga burish, d.h. ga qaytish. 3. mashq. D.h. Kaftlarni yuqoriga ko’targan holda qo’llarni
oldinga uzatish. Barmoqlarni musht qilgan holda qo’llarni tirsakdan bukish, d.h. ga qaytish.
Uchunchi mashqlar majmuasi.
(Parta yonida turgan holda).
1. mashq. D.h. To’g’ri tik turish. Qo’llarni bosh orqasiga qo’yish, d.h. ga qaytish.
Qo’llarni yuqoriga ko’tarib, yon tomonga tushurish, d.h. ga qaytish.
2. mashq. D.h. Qo’llar bosh orqasida. Cho’qqayish, qo’l kaftlarini oyoq yuziga
tekkizish, d.h. ga qaytish.
3. mashq. D.h. Qo’llar belda. Qo’llarni bosh orqasida birlashtirib, o’ng oyoqni orqaga
tashlash, d.h. ga qaytish. Shuning o’zini chap oyoqda bajarish.
To’rtinchi mashqlar majmuasi.
(Parta yonida turgan holda).
1. mashq. D.h. tik tugan holda qo’llar belga qo’yilgan. Endi shu holatda yelkalarni
orqaga egish. Qo’llarni yelkaga qo’yish, yuqoriga ko’tarib, yon tomonga tushurish va d.h. ga
qaytish.
2. mashq. D.h. Qo’llar yuqorida. O’ngga engashish, to’g’ri turish, chapga engashish,
to’g’ri turish. Orqaga engashish, to’g’ri turish.
3. mashq. D.h. To’g’ri tik turish. Qo’llarni belga qo’ygan holda oyoq uchlarida ikki
marta ko’tarilish. Ikki marta yarim cho’qqayib o’tirish, qo’llarni oldinga uzatish va d.h. ga
qaytish.
Dostları ilə paylaş: