Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
58
turmush qurib, o‘sha yerda, yo‘l uchastkasida qolib ishlay boshladik. Biz juda ahil va bir-birimizga 
mehribon edik... Shuni ham aytish kerakki, ayniqsa tog‘ va dovonlarda yashovchi yo‘l tuzatuvchilar 
uchun mustahkam oila — yaxshi xotin osh-nondek zarur. Men buni keyinroq o‘z hayotimda sinab 
ko‘rdim. Agar men o‘z ishimni bir umrga jon-dilimdan sevib qolgan ekanman, bunda xotinimning 
xizmati ham oz emas. Biz qiz ko‘rdik, keyin ikkinchisi dunyoga keldi, xuddi shu kezlarda to‘satdan 
urush boshlanib qoldi. 
Pomir yo‘li sharros quyib bergan jaladan keyingi daryo kabi chayqalib, to‘lqinlanib ketdi. Butun 
xalq ana shu daryo singari pastga tomon oqa boshladi — ular armiyaga ketayotgan edi. 
Nihoyat menga ham navbat keldi. Ertalab hammamiz boshlashib uydan yo‘l yoqasiga chiqdik. 
Kichkina qizchamni qo‘limda ko‘tarib borardim, kattasi esa barimdan ushlab olgancha yonma-yon 
borardi. Gulbaram, bechora Gulbaram! Uning qo‘lida mening safar xaltam, o‘zini dadil tutishga va 
meni ham ovutib, tinchitishga urinardi. Ammo kimsasiz tog‘u toshlardagi yo‘l uchastkasida ikki yosh 
bola-yu, yana xuddi o‘ziga o‘xshash ikki qo‘shni ayol bilan qolish unga naqadar og‘ir ekanligini butun 
qalbimdan sezib turardim. Men ularni ovulga: qarindosh-urug‘larim oldiga jo‘natmoqchi bo‘ldim, 
ammo Gulbara istamadi. Kunimizni bir amallab o‘tkazarmiz, seni kutamiz, yo‘lni ham qarovsiz 
qoldirib bo‘lmaydi-ku, axir, derdi u. Men rafiqam va farzandlarim bilan so‘nggi marta yo‘l yoqasida 
turib xayrlashdim. Biz Gulbara bilan u vaqtda hali juda yosh, hayotga endigina qadam qo‘ygan edik... 
Men sapyorlar batal’oniga tushdim. Moskva ostonalaridagi ko‘pgina tankka qarshi qurilgan 
to‘siqlarga mening ham qo‘lim tekkan. Keyin esa Don va Visla daryolarini kechib o‘tib, Dunayga 
qarab ketdik. Urush maydonlarida biz qanchadan-qancha yo‘llar, kechuv joylari, ko‘priklar barpo 
etdik. Qilgan ishlarimizni sanab sanog‘iga yetib bo‘lmaydi! Ba’zan shunday paytlar ham bo‘lardiki, 
goh muzday suvda titrab-qaltiraysan, goh tutun va olov ichida yonasan, atrofingda snaryadlar betinim 
portlaydi, kechuv joylarni ostin-ustin qiladi, qanchadan qancha odamlar qiriladi, tinka-madoring qurib, 
o‘lishingga ham ming marta rozi bo‘lasan. Biroq shunday paytlarda tog‘-toshlarda yashab, xuddi 
Xizrni yo‘qlagandeq meni intizorlik bilan kutayotgan bola-chaqamni eslasam va Pomirdek joydan bu 
yerda, ko‘prik ostida bekordan bekorga o‘lib ketgani kelmaganimni o‘ylasam, kuch-qudratim shu 
qadar ortib ketardiki, bir-biridan ajralib ketayotgan simlarni hatto tishlarim bilan burardim, hayotdan 
voz kechgim, taslim bo‘lgim kelmasdi. Ana shu kuch bilan Berlin ostonalarigacha yetib bordim. 
Xotinim tez-tez xat yozib turardi, yaxshiyamki, pochta ularning yonginasidagi yo‘ldan o‘tardi. U 
hamma narsa haqida, shu jumladan, yo‘l haqida ham batafsil yozardi — u mening o‘rnimga master 
bo‘lib qolgan edi. Unga juda og‘ir ekanligini bilardim: yo‘l ham uncha-muncha yo‘llardan emas, 
Pomirda-ya! Buning ustiga, qo‘shnilar ham duch kelgan tomonga qarab ko‘chib ketishibdi. 
Qirq beshinchi yilning bahoriga kelib to‘satdan xat kelmay qo‘ydi. Front pochtasida har xil 
hodisalar bo‘lishi mumkin-ku, deb o‘ylab, o‘zimni o‘zim ovutardim. Kunlardan birida meni polk 
shtabiga chaqirib qolishdi. Xo‘sh, gap shunaqa, starshina, urushib bo‘lding, yaxshi jang qilding, 
tashakkur va mukofotlar ham olding. Endi uyingga qaytasan, u yerda sen hozir ko‘proq keraksan. 
Ammo birinchi navbatda harbiy komissariatga kir, hujjatlaringni topshir, keyin uyingga jo‘na... Men 
kutilmagan bu xabardan quvonib ketdim, albatta. Hatto uyga telegramma ham yubordim. 
Men qadrdon joylarimga yetib keldim. Harbiy komissariatga esa kirib o‘tirmadim, ulguraman hali, 
qayoqqa qochib ketardim! Uyga! Tezroq uyga yetib boray! Yo‘lovchi polutorka mashina uchrab qoldi, 
men unda Pomir yo‘li bo‘ylab jo‘nab ketdim. 
Qani endi qanotim bo‘lsa-yu, uchib borsam, frontdagi «Studebekker»larda yurib o‘rganib 
qolibman, kabinaga engashib shofyorga qichqirardim: 
— Tezroq hayda, oshna, shaldiroq aravangni muncha ayamasang! Uyimga ketyapman! 
Mana, yaqinlashib ham qoldim. Muyulishdan o‘tish bilan mening uchastkam. Sabr-toqatim 
chidamadi. Mashinaning yurib ketayotganiga qaramay, sakrab tushdim-da, safar xaltamni yelkamga 
tashlab, yugurib ketdim. Shunday qilsam tezroq yetib boraman, deb o‘yladim. Chopyapman, 
chopyapman, muyulishdan ham o‘tdim... O‘tdim-u, hech narsani taniyolmadim. Go‘yo hamma-


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin