Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
59
hammasi o‘z joy-joyida turgandek: tog‘lar ham o‘z urnida, yoi ham o‘sha, ammo na uy-joy, na hovli va 
na biron tirik jon zoti ko‘rinardi. Faqat tosh uyumlarigina qalashib yotardi. Bizning hovlimiz xiyol 
chetroq-da, naq tog‘ning tagginasida edi. Tog‘ etagidagi joylar juda tor edi. Toqqa ko‘zim tushdi-yu, 
darhol dong qotib angrayib qoldim. Balandlikdan qor qatlari ko‘chib, o‘zi bilan birga yo‘lda uchragan 
hamma narsani tep-tekis qilib supurib ketgan, go‘yo o‘tkir tirnoqli temir pan-jalari bilan tog‘ 
yonbag‘irlarini qo‘porib, pastlikka ag‘anatib uloqtirgan-u chuqur va ulkan jarlikning sahnini qo‘sh 
qo‘shgandek ag‘dar-to‘ntar qilib tashlagan edi. Xotinim o‘zining so‘nggi xatida juda qalin qor 
tushganini, so‘ngra kutilmaganda yomg‘ir yog‘a boshlaganini yozgan edi. Demak, qor uyumini 
qulamasidan ertaroq portlatib, pastga qulatib yuborish zarur edi, biroq bu ayol kishining qo‘lidan 
kelarmidi. 
Ana shunday qilib, oilam bilan ham uchrashdim. Ming bor o‘lim bilan yuzma-yuz kelib, tiriklayin 
do‘zaxga tushib qaytsam-u, bu yerda bola-chaqamdan nom-nishon bo‘lmasa. Tinka-madorim qurib, 
qotib turardim. Tog‘-toshlarni larzaga keltirib hayqirgim, dod degim kelardi-yu, nafasim bo‘g‘zimga 
tiqilib, ovozim chiqmasdi. Go‘yo butun vujudim toshga aylanib qotib qolgandek edi. Faqat yelkamdagi 
safar xaltamning sirg‘alib oyog‘im ostiga tushib borayotganini sezib turardim, xolos. Men uni o‘sha 
yerga tashlab ketdim, unda qizlarimga, xotinimga sovg‘alar olib kelgan edim, yozda gimnastyorkamni 
novvotga ayirboshlab oluvdim. Men turgan yerimda go‘yo biror mo‘‘jizani kutayotgandek uzoq turib 
qoldim. Keyin orqamga qayrildim-da, yo‘ldan ketaverdim. Bir zum to‘xtab, ortimga qayrilib qaradim, 
tog‘lar sarak-sarak bo‘lib tebranib, butun og‘irliklari bilan ustimga bostirib kelayotgandek bo‘ldi. 
Yuragim qinidan chiqayozgandek qichqirib yubordimda, qocha boshladim. Qoch! Bu la’nati joylardan 
qoch! Ana shunda dahshatli ovoz bilan ho‘ngrab yig‘lab yuborgan edim. 
Qayoqqa va qay tarzda borayotganligimni eslayolmayman, uchinchi kuni stantsiyaga kelib 
qolibman. G‘ala-g‘ovur xalq to‘lqini ichida adashgan kishidek daydib yurardim. Nomimni atab bir 
ofitser meni chaqirib qoldi. Qarasam — injener Husainov. Harbiy xizmatdan bo‘shab, uyiga 
qaytayotgan ekan. Men boshimga tushgan kulfat haqida unga ikki og‘izgina so‘zlab berdim. Endi 
qayoqqa bormoqchisan, deb so‘radi u. «O‘zim ham bilmayman», deb javob berdim. Yo‘q, dedi u, 
bunday qilish yaramaydi, chidash kerak. Bir o‘zingning sandiroqlab yurishingga yo‘l qo‘ymayman. 
Qani, yur, Tyan-Shanga ketdik, yo‘lni qurib tugallash kerak. U yog‘ini yana ko‘rarmiz. 
Men bu yerga ana shunday qilib kelib qolganman. Dastlab yo‘lda ko‘priklar qurib yurdim. Vaqt 
o‘tib borardi, biror ishning boshini tutish kerak edi. O‘sha kezlarda injener Husainov ministrlikda 
ishlayotgandi. U mening oldimga tez-tez kelib turar va har kelganida avvalgi ishimga, uchastka yo‘l 
masteri bo‘lib o‘tishga maslahat berardi. Bunga yuragim dov bermasdi. Eslasam, yuragim orqaga tortib 
ketardi. Qurilishda yakka o‘zim emasman, ko‘pchilik bilan ishlash oson bo‘ladi. U yoqda-chi, kim 
biladi, yolg‘izlikdan yuragim yorilib ketsa kerak. Oradan necha yillar o‘tib ketdi. Biroq men hamon 
o‘zimni o‘nglolmas, boshimga tushgan tashvishlarni unutolmasdim. Go‘yo shu bilan hayotim tamom 
bo‘lgan-u, bundan bu yog‘iga hech narsadan umidim yo‘kdek edi. Uylanishni xayolimga ham 
keltirmasdim. Gulbaram va bolalarimni haddan tashqari sevar edim. Hech kim, hech qachon ularning 
o‘rnini bosa olmaydigandek tuyulardi menga. Faqat kun kechirish uchungina va shunchaki uylanish 
esa — ish emas. Bundan ko‘ra so‘qqabosh bo‘lib yurgan ma’qulroq. 
Nihoyat, uchastkaga master bo‘lib borishga qaror qildim, ishlab ko‘raman, agar yoqmasa, yana 
biron yoqqa ketaveraman-da, deb o‘yladim. Menga bu yerda dovonning naq o‘zidagi uchastkani 
berishdi. Yomon bo‘lmadi, asta-sekin kirishib, ko‘nikib ketdim. Ehtimol bunga uchastkaning juda 
sertashvishliligi sabab bo‘lgandir: dovon-da, har qancha desangiz ham ish topiladi. Ammo bu menga 
og‘irlik qilmadi, aksincha, yaxshi bo‘ldi. Vaqt o‘tishi bilan qalbimdagi dard-alamlar so‘na boshladi, 
ularni asta-sekin unuta bordim. Ba’zi-ba’zida o‘sha mudhish kun tushimga kirib chiqardi: o‘sha yer 
yuzidan supurilib ketgan hovli qarshisida toshdek qotib, yelkamdagi safar xaltamning sirg‘alib 
oyog‘im ostiga tushib borayotganini sezib turaman. Keyin qayrilardim-da, orqamga qarab qaytib 
ketardim. Uyg‘onib ketib qarasam, ko‘zimda g‘ilt-g‘ilt yosh bo‘ladi. Bunday paytlarda sahardayoq 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin