Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
53
yigitlarning jonlarini omon saqla. Bizlarga ularni egar ustida ko‘rishni nasib et, jasadlari otlariga ortib 
kelgulik qila ko‘rma, iloyim. 
Mening ibodatimni eshit, men uch o‘g‘ilning onasiman... 
Elomon ham cho‘kka tushib, bir qo‘li bilan tozisi Ucharning bo‘ynidagi kamardan, ikkinchi qo‘li 
bilan esa yoldor jiyron biyaning tizginidan tutib turardi. U ko‘l yuzasining nafas olgandek bir pasayib, 
bir ko‘tarilib turgan qoramtir sag‘risiga ahamiyat berdi. Ko‘l hozir sokin edi, suv yuzasi mayda 
to‘lqinlar yolqinida jonlanib yotardi. Uzoq cho‘zilgan qishning adog‘ida, bahor boshlarida Issiqko‘l 
sohili ovloq qolgandek, o‘t-o‘lansiz edi — to‘qaylar ship-shiydam, quruq xas-cho‘plar fayzsiz; na bir 
o‘tov bor, na bir otliq, na ko‘ch-ko‘ron, na dalada mol podalari... 
Biroq Issiqko‘l bo‘yida qishlab qolgan o‘tar qushlar bahor hididan yangi o‘lkalarga yo‘l olish payti 
yaqinlashib qolganini sezib, ko‘l ustida to‘p-to‘p bo‘lib ucha boshlaydilar, ulkan galalarga uyushgan 
qushlar esa tog‘ etaklari bo‘ylab parvoz qilib, tez uchish mashqini oladilar. Qayoqqa qaramang, 
qushlarning shodon qichqiriqlari va ovozlari yog‘duli bahor havosida uzoq-uzoqlarga taraladi. 
Mana, yaqinginada bir qiziloyoqli, kulrang g‘ozlar galasi shiddat bilan uchib o‘tgani ko‘zga chalindi. 
G’ozlar bebosh shovqin ko‘tarib, ovozlarining boricha g‘aqillab shunday past uchib o‘tdilarki, qanot 
patlarining shovullagani ham eshitilib turdi. Elomon ko‘l ustida uchib yurgan bir necha gala o‘tar 
qushlarni ko‘rdi. Bular g‘ozlarmi, o‘rdaklarmi, oqqushlarmi yoki uzunoyoq ochpushti qizilg‘ozlarmi — 
bola farqlay olmasdi. Chunki bu qushlar juda uzoqda va balandda to‘p-to‘p bo‘lib uchib o‘tardi. Faqat 
ularning chug‘ur-chug‘uri ba’zan aniq eshitilsa, ba’zida elas-elas quloqqa chalinardi. “Demak, bu 
qushlar ertami-indin uchib ketadi”, deb o‘ylab qoldi bola. 
Onasi esa, dildagi butun dardini aytib, jon-jahdi va ehtiros bilan Ko‘k Tangriga tavallo qilardi. U eri 
— buyuk o‘tovsoz Sengirboyga rahm-shafqat etishini so‘radi, axir ustaning dardi tobora kuchayib 
borayotir, hatto bugun otga ham mina olmadi. 
— Tangrim, otamiz, qo‘li gul ustaning jonini omon saqla, – dedi u. – Bizning diyorimizda o‘tovsoz 
Sengirboyning qo‘li bilan yasalmagan bironta o‘tovni topish amri mahol. Uning o‘z umrida qancha 
o‘tov yasaganini hech kim bilmaydi! Axir, hech kim boshpanasiz yashay olmaydi – yosh ham, qari 
ham, boy ham, kambag‘al ham, qo‘ychivon ham, biya sog‘uvchi ham! 
U yana Tangridan nevaralar so‘radi, yana qanchadan-qancha iltijolar qildi... Axir, odamning orzu-
havasi, dardu alami kam deysizmi bu dunyoda... 
Qordan choyshab yopingan qoyali tog‘lar orasida osmonga ko‘z qadagan buyuk ko‘k ko‘l suvi tinim 
bilmas, jonli maxluqday to‘lg‘anar, o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib, yana yo‘qoladigan ulkan erinchoq 
to‘lqinlarni bag‘rida erkalar edi. Obi ombor kechasi bo‘ron ko‘tarish uchun ummon yanglig‘ kerishib 
kuch yig‘ayotgandek edi. Hozircha esa, shaffof ko‘l ustida, uning bahor quyoshini emgan zilol suvlari 
tepasida dunyo bo‘ylab yangi uzoq va xatarli safarga otlanadigan payt yaqinlashayotganini sezgan 
o‘tar qushlar hamon yuksaklikda chappor urar, hamon jo‘rovoz bo‘lib, jar solib osmonni boshiga 
ko‘tarardi. 
Ona bo‘lsa hamon astoydil, butun borlig‘i bilan munojot qilardi: 
— Tangrim, eshit, o‘zimning oq ona sutim hurmati-la, yolvorib o‘tinaman! Senga, buyuk hokimi 
taqdirga — Ko‘k Tangriga iltijo qilish uchun biz bu yerga, sening Yerdagi ko‘zingga — muqaddas 
Issiqko‘lingga keldik. Mana men, mening yonimda o‘g‘lim Elomon — mening kenjatoyim, endi men na 
yaxshi, na yomon farzand tug‘a olaman, faqat sendan so‘raganim shuki, mening erkatoyimga otasi 
Sengirboyning ustaligini ber, o‘zining ustalikka ebi ham bor... Kenjatoyim akasi Qo‘ychimanga o‘xshab 
— “Manas” aytmoqchi. Bu iltijomni ham ijobat qil, eng avvalo va eng muhimi, unga azaliy So‘zning 
qudratini ato et — o‘sha So‘z ildiz otgandek jon va tan bilan chirmashib ketsin, u So‘zni — 
ajdodlardan avlodlarga o‘tadigan, o‘z bolalari va nevaralari uchun qoladigan So‘zni asrab-avaylasin, 
ajdodlar qirg‘iz nomini olgan davrdan yetib kelgan So‘zni o‘zida jo qila oladigan kuch-qudrat ber 
unga... 
Men uch o‘g‘ilning onasiman, Tangrim, mening iltijolarimni qabul qilgaysan. Odam bilan doimo 
yonma-yon yashaydigan tilsiz maxluqlar — o‘g‘limning o‘ng tarafida turgan va manaman degan 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin