www.ziyouz.com kutubxonasi
187
Xayrullobey yaradorning chap tomirini ushlab turardi, keyin uning yuziga yaqin kelib:
— Ehsonbey!.. Ehsonbey!.. — deb chaqirdi.
Birdan miyamda chaqmoq urganday bo‘ldi. U Ch...da, Abdurahim poshoning chor-
bog‘ida uchrashgan shtab kapitani edi. Bir qadam orqaga chekindim, kabinetdan qochib
chiqish, ikkilamchi meni bu yarador ofitserning yoniga yubormasligini doktordan iltimos
qilish niyatida edim. Tanigan bo‘lsa ham ko‘rib turgan narsasiga ishonmasdi. Kim bilsin,
yaralangandan beri necha marta hushidan ketgan, dard ichida, o‘t ichida necha bor
ko‘zlariga har nimalar ko‘ringan ekan. Ha, zaif ko‘zlarining boqishidan sezdim: meni
ko‘rib turganiga ishonmadi, qonsiz lablari bilan xiyol jilmaydi-yu, tag‘in ko‘zlarini yumib
oldi.
Ehsonbey! Bir necha oy avval mening yoshligimdan, himoya qilish mumkin bo‘lgan
otam, akam... biron kimsam yo‘qligidan foydalanib, meni ishrat kechasiga aldab obordi-
lar. Keyin Ch... shahridan jo‘narkanman, yuragimda surgun qilingan oddiy ko‘cha xotini-
ning haqirligi bosh ko‘tardi, sharmandalikka chiday olmay yuzimni qo‘llarim bilan yashi-
rishga majbur bo‘ldim. Dunyoni boshdan-oxir bir zulm, o‘zimni esa o‘sha zulmga bo‘ysu-
nishdan boshqa chorasi qolmagan bir mushtipar deb hisoblangan kunimda siz meni
himoya qildingiz, maslagingizni, istiqbolingizni xavfda qoldirdingiz, hatto shirin joningizni
ham tikib, muruvvat qildingiz.
Modomiki, qayg‘uli bir tasodif bugun bizni yana uchrashtirgan ekan, mayli, sizdan
qochmayman, mana shu umidsiz, mana shu og‘ir kunlaringizda yoningizda singlingiz
bo‘lib xizmatingizni qilaman.
* * *
Qusha-da-si, 7 fe-v-ral.
Ehsonbeyning yarasi qo‘rqinchli emas, biror oydan keyin turib ketsa kerak. O‘ng
qoshidan boshlanib to iyagigacha cho‘zilib tushgan yarasi yuzini nihoyatda xunuk qilib
qo‘yadi.
Xayrullobey yara bog‘larini o‘zgartirayotganda men yonida turmadim. Yuragim dov
bermagani uchun emas, albatta, chunki har kuni bundan ham battarroq yaralarni ko‘rib
turaman, asl sababi boshqa edi: men unga qarab tursam, dahshatli yarasiga pichoq uril-
gandan ortiq ozor yetishini bilardim...
Bechora gospitaldan qanday bashara bilan chiqib ketishini bilar, bu haqda bir nima
demasa ham, chuqur alam va qayg‘u bilan ezilib kelardi.
Xayrullobey:
— Picha sabr qil, yigit, yana yigirma kunlardan keyin soppa-sog‘ bo‘lib ketasan — de-
sa, Ehsonbey o‘tday yonib ketardi.
Yaradorning shu og‘ir kunlarini yengillashtirish uchun qalbimning butun shafqat qobili-
yatini sarf qilyapman. Ba’zan karavotining yonida o‘tirib kitoblar o‘qib, ertaklar aytib be-
raman.
Ha, bechora churq etmaydi, lekin xunuk bo‘lib qolish dahshatidan azoblanayotgani va
bu azobdan bir zum ham qutula olmagani yaqqol ko‘rinib turadi. Ba’zan yeng ichida ta-
salli berishga harakat qilaman. O‘zimni butunlay boshqa narsalar to‘g‘risida gapi-
rayotganga solib, dunyoda yuz go‘zalligiday foydasiz, hatto zararli narsalar yo‘qligini, asl
go‘zallikni odamning ruhidan, ko‘nglidan qidirish kerakligini aytaman.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |