Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə207/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
207
bunday deyishing ayb. Lekin, afsuski, sen hech nimani parvo qilmaydigan, mustaqil, er-
kin ko‘rinsang ham, haqiqatda to‘pori, burnidan narisini ko‘rmaydigan, sho‘ri qurigan qiz 
ekansan. “Xinali qo‘zi” deb atalganlar toifasidan chiqib qolding... Bunday bo‘lmasligi ke-
rak edi, nima qilaylik, bo‘lar ish bo‘ldi. Endi mening gaplarimga diqqat qil, Farida. Qari, 
samimiy do‘stidan kichkinagina yordam olishni ham o‘ziga ep ko‘rmaydigan sen singari 
mag‘rur bir qiz ana shuncha gap-so‘zdan, g‘iybatdan, tuhmatlardan ke- yin qanday 
qilib yakka o‘zi yashay oladi? Shuning uchun ham boshingni ikkita qilib qo‘ysak qalay 
bo‘lar ekan devdim, Farida. Birovdan yordam olishni xohlamaysan, ishlashni xohlaysan
lekin buning imkoni yo‘q. Birga turaylik, ajrashmaylik desam, bunga ham ko‘nmaysan, 
shunday emasmi? Ana, boshingni solintirib olding, javob berging yo‘q-da. Lekin rostini 
aytganda, mening o‘zim ham buni mushkulni oson qiladigan to‘g‘ri yo‘l deb hisoblamay-
man. Ko‘nglimizda bor gaplarni nega endi shartta-shartta ochib aytmaylik? Xabaring 
yo‘q, mahalla nomidan shahar boshlig‘iga elchilar boribdi. Meni uyimda oila a’zoyimdan, 
qarindosh-urug‘larimdan bo‘lmagan bir qiz bilan turadi, bu urf-odatimizga, shariatimizga 
to‘g‘ri kelmaydi, deb shikoyat qilishibdi. Hatto, hatto sening boshqa yurtga yuborilishing-
ni ham talab etishibdi. Hammaning aybini betiga soladigan “ko‘rqozi” bo‘lganim uchun 
meni odamlar uncha yoqtirishmaydi. Shu bahonada nima uchun menga ham bitta tayoq 
tushirib qolishmasin, shunday emasmi? Gapning qisqasi, Faridajon, na men bilan yasha-
shingning imkoni bor va na o‘z boshingga yashashingning. Nohaq shubhalar bilan 
hayotingni zaharlashadi. Bu la’nati dog‘ qaerda bo‘lsang ham seni tinch qo‘ymaydi. 
O‘tmishingdagi kichkina qora dog‘ ham har bir muttahamga, har bir firibgarga seni 
haqorat qilish huquqini beradi. Nima qildik endi, Farida? Nima chora topsak ekan? Seni 
qanday qilib himoya qilsak ekan? 
O‘lim to‘shagida yotgan kasal mazlumligi bilan yuziga qaradim, qalbimdagi chuqur 
umidsizlikka qaramay kulimsirab turib: 
— Nihoyat, o‘limni o‘ylashga haqqim borligini siz ham tan ola boshladingiz. Mana shu 
quyoshga, mana shu daraxtlarga, hov anovi uzoqdagi dengizga bir qarang-a, doktorbey. 
Menchalik joni bo‘g‘ziga kelmagan bir inson o‘z qalbining rizoligi bilan mana shu ajoyib 
dunyodan ketgisi keladimi? 
Xayrullobey qo‘li bilan og‘zimni yopdi. 
Bas endi, Farida, bas qil! Umrimda qilmagan noma’qulchiligimni hozir qildirasan. 
Hali zamon yosh boladay ho‘ngrab yig‘lab yuboraman. 
Yaproqlari to‘kilgan yalang‘och shoxlar orasida porlab turgan kuz quyoshiga qo‘l 
cho‘zib: 
— Men anchagina qarib qolganman. Men o‘z umrimda odamlarning qayg‘u alamlarini, 
bechorachilik va muhtojliklarini juda ko‘p ko‘rganman. Mana shu qo‘llarim bilan qancha 
ochiq qolgan ko‘zlarni yopganman. Lekin men oldimda o‘lish majburiyatida shu qadar 
xotirjamlik bilan so‘zlayotgan mana shu chiroyli qiz yuzidan, kulish bahonasini qidi-
rayotganday titrayotgan yaramas lablaridan ham zo‘rroq fojiani ko‘rmaganman! 
Xayrullobey tizzalari ustidagi yopiqni irg‘itib tashlab, xona ichida anchagina o‘y surib 
yurdi. Keyin oldimda to‘xtab: 
— U holda oxirgi chorani qo‘llaymiz, — dedi. — Seni shariatlariga muvofiq shart bilan 
uyimda olib qolaman, shu tariqa himoya qilaman. Tayyor bo‘l, Farida. Kelasi payshanba-
da... 
* * * 
Bir haftadan beri Qushadasidaman. Ertaga kelinchak bo‘laman. Xayrullobey ham o‘zining xu-
susiy ishi, ham uyga ba’zi yangi buyumlar olish niyati bilan ilgari kuni Izmirga tushib ketdi. Bu-
gun kechqurun kelar ekan, telegramma oldim. 
Yangi buyumlarning hojati yo‘qligini aytib edim. G‘alati dalillar keltirib, qarshi chiqdi: 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin