www.ziyouz.com kutubxonasi
204
kichkinamiz o‘layotganda chidayolmasdan boshingni bir zumgina yelkamga qo‘yganing,
kasal bo‘lib qolganingdan keyin tepangda kechirgan soatlarim — bularning hammasi ji-
noyat emish! Yuzsizligimiz shu darajaga yetgan emishki, bu yerlarning urf-odatini, no-
mus va iffatini poymol qilibmiz. Atrofimizdagi odamlarni pisand qilmagan emishmiz.
Hammaga seni kasal deb e’lon qilib, o‘zimiz dalalarda qo‘ltiqlashib yurgan, molaga minib
o‘ynagan emishmiz. Maktabdagi ishingni tashlab qo‘yib, bog‘imda ot choptirib yurgan-
mishsan. Bular ham ozlik qilib, endi shahar tashqarisidagi xilvat chorboqqa chiqib ketgan
emishmiz!
Faridajon, senga bu gaplarni qanday eshitgan bo‘lsam, xuddi shunday, bo‘yamasdan
aytib berdim. Yolg‘on tasallilar bilan seni yana bir necha vaqtgacha ovuta olardim. Umid-
laringni sekin-sekin, birma-bir sindira bilardim. Lekin unday qilmadim. Nima uchun, bila-
sanmi? Kasbim, yoshim menda bir ishonch hosil qildi: odam zaharni birato‘la yutishi ke-
rak, unda yo o‘ladi, yo qutuladi. Zaharni sirop bilan, bilmayman, yana nima balolar bilan
aralashtirib qultum-qultum ichishdan yomon narsa yo‘q. Falokatni jinday-jindaydan ay-
tish nima-yu, odamni arralab o‘ldirish nima!
Shunday, Farida, hayotdan qattiq shapati yeding. Yolg‘iz bo‘lsang, seni bu zarba o‘ldi-
rardi. O‘ylab ko‘r-a, shuncha odam qushday bir bolaning ustiga tashlansa, nima bo‘ladi?
Shukr qil, tasodif seni chirindi chuquriga tashlangan bir qari chol bilan uchrashtirdi. Um-
rim soati allaqachon o‘n birni urib bo‘lgan. Mayli, ziyoni yo‘q. Senga xizmat qilish uchun
qolgan umrim ham yetadi. Shunga muyassar bo‘lsam, bir to‘da ahmoqona g‘iybatlar
ichida xazon bo‘lgan kunlarimga achinmay o‘taman. Qo‘rqma, Farida, bu ham o‘tib keta-
di. Yoshsan, umidingni uzma, hali baxtli kunlaring bo‘ladi, ko‘rasan.
Iste’fongni o‘zim eltib bermoqchi edim, aynidim. Seni shu ahvolda yolg‘iz tashlab ke-
tib bo‘lmaydi. Yosh bolalar hayotida ba’zan ahamiyatsiz narsalar ham ahamiyat kasb
etib qoladi. Yur, Farida, ochiq havoga chiqaylik, qo‘ylar, sigirlar oldiga boraylik. Bu hay-
vonlar ko‘rgan yaxshiliklarini evazsiz qoldirishmaydi, ishonaver.
Qari doktor iste’fomni konvertga solib, o‘nboshiga berdi.
Bu bir parcha qog‘oz umrimning bir bo‘laginigina emas, ko‘nglimning so‘nggi tasallisini
ham olib ketdi. Naqadar alamli, yo rabbiy, naqadar alamli! Nimagaki umid bilan qo‘l
cho‘zsam, umidim puch chiqadi, nimagaki mehr qo‘ysam o‘lib ketadi! Mana, uch yil avval
kuz oqshomlarining birida qizlik ro‘yolarim, bular bilan birga o‘z bolalarim haqidagi orzu-
umidlarim, keyin esa Munisam o‘ldi. Bular orqasidan zora yetim ko‘nglimni ovutishsa,
deb umid qilgan o‘quvchilarimdan ayrildim. Jo‘jalarini tahlikada ko‘rgan ona qush singari
meni talpintirgan, titratgan bu narsalar kuz yaproqlari kabi birin-ketin xazon bo‘lib,
to‘zg‘ib ketyapti. Men hali yigirma uchga to‘lganim yo‘q. Yuzimdan, tanimdan bolalik iz-
lari ketgani yo‘q, lekin ko‘nglim o‘zim mehr qo‘ygan narsalarimning o‘liklari bilan to‘ldi!
* * *
Xayrullobey uch kungacha yonimdan bir qarich ham jilmadi. Shunchalik katta falokat
oldida o‘zimni og‘ir tutishimga, sukut qilishimga ishona olmas edi. Kechalari yotganim-
dan so‘ng eshigimga kelib:
— Farida, bir nima kerak emasmi? Uyqung kelmayotgan bo‘lsa, kirayin, — deydi.
Uchinchi kuni ertalab barvaqt turdim. Havo iliq, osmon ochiq, xuddi may kunlari dey-
siz. Xayrullobeyga o‘zim sut sog‘ib keldim, nonushta tayyorladim.
Qo‘limda patnis, chehramda nash’a bilan uyiga kulimsirab kirganimda, doktor meni
ko‘rib suyunib ketdi.
— Ofarin, Farida! Juda xursand bo‘ldim. Nima qilasan, dunyoning dardini tortmagan
endi sen qoluvdingmi? — dedi.
Derazasini ochdim, ivirsib yotgan narsalarini yig‘ishtirdim. Keyin chorbog‘dan, qo‘ylar-
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
Yüklə Dostları ilə paylaş: |