Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə60/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
— Meni aralashtirmang, siz hozircha faqat dugonangizni o‘ylashingiz mumkin. 
— Nega endi, Farida xonim? To‘g‘ri, Munavvar mening shuncha yillik dugonam. Lekin 
siz ham juda yaxshisiz, innaykeyin, bu ishda sizning aybingiz, gunohingiz yo‘q, yosh qiz-
siz. Shuning uchun sizga ham achinaman. 
Bu safar yana ham dag‘alroq muomala qildim. Mag‘rur qiyofada: 
— Achinishingizga yo‘l qo‘ymayman! — dedim. — Fikrimcha, endi gaplashadigan gapi-
miz qolmadi.
Begona xotin bir narsa axtarayotganday qo‘l sumkasini ochib-yopayotganini ko‘rdim. 
Gapga xotima berish niyatida ekanligimni ko‘rib, bitta taxlog‘liq qog‘oz chiqardi. 
— Farida xonim, so‘zlarimga balki ishonmassiz, deb Komronbeyning bitta xatini olib 
kelgan edim. Qaydam, ko‘rsangiz xafa bo‘lmasmikansiz? 
Xatni avval qo‘lim bilan itarib tashlamoqchi bo‘ldim. Lekin xato ish qilib qo‘yishdan 
qo‘rqib, uni oldim. 
— Xohlasangiz sizga tashlab ketay, keyin o‘qirsiz. Endi dugonamga keragi qolmadi. 
Yelkalarimni qisib: 
— Menga ham foydasi yo‘q, — dedim. — Dugonangizga xotira bo‘lib qolishi mumkin. 
O‘zida qolgani ma’qulroq. Faqat bir zumgina ijozat bersangiz, ko‘z yugurtirib chiqsam. 
Qorong‘i quyuqlashib qolgan edi. Daraxtlar orasidan yo‘lga chiqib, xatni ko‘zlarimga 
yaqinlashtirdim, bu yozuvga o‘rganib qolganim uchun qiynalmay o‘qiy boshladim. 
Xat “Mening sariq gulim”, deb boshlangan. Keyin bir qator tasvirlar. 
Quyosh chiqishdan avval dunyoga bilinar-bilinmas bir yorug‘lik sochilgani singari, sa-
riq gulni ko‘rishdan avval uning qalbiga ham shunday yorug‘lik yoyilganmish. “Ichimda 
anglashilmas bir quvonch bor. Men mutlaqo ajoyib narsaga yo‘liqaman” deyar edi. 
Nihoyat, u ajoyib narsaga yo‘liqibdi, bir kun kechqurun musofirxona bog‘ida chiroqlar 
yonadi-yu, qarshisida sariq gulni ko‘radi. 
Maktubning u yog‘ini juda shoshib o‘qidim, tobora quyuqlashib borayotgan qorong‘ida 
ko‘zlarim satrlarni shu qadar yomon farq qilardiki, hech narsani esimda olib qololmadim, 
desam bo‘ladi. Negadir, maktubning bir necha bor takror o‘qiganim shu so‘nggi satrlarini 
hali ham ko‘zlarim o‘ngida ko‘rib turaman: 
“Qalbim bo‘sh edi. Sevish ehtiyoji bilan yonardim. Sizning raso, nozik qomatingizni, 
binafsha ko‘zlaringizni ko‘rdim-u, hamma narsaning rangi o‘zgardi”. 
Begona xotin og‘ir-og‘ir odimlar bilan yonimga kelib, titroq tovush bilan: 
— Farida xonim, sizni xafa qildim. Lekin ishoning... — deb so‘z boshlagan edi, men 
birdan so‘zini cho‘rt kesdim. Maktubni uzatib: 
— Nega endi, — dedim, — xafa qiladigan hech nima yo‘q-ku? Bu bo‘ladigan narsa. 
Aksincha, sizga tashakkur ham aytmoqchiman. Mening ko‘zimni ochdingiz. Endi sizdan 
ijozat so‘rayman. 
Boshimni xiyol silkitib yurib ketdim. Lekin u orqamdan yana chaqirdi: 
— Farida xonim, yana bir minutga ruxsat bersangiz. Dugonamga nima deyin? 
— Vazifangizni bajarganingizni ayting. U yog‘ini endi o‘zi biladi, deyarsiz. Vassalom. 
Begona xotin menga yana bir nima dedi, lekin men quloq solmadim, shoshib daraxtlar 
ichiga kirib ketdim. 
Komron ikkalamizning yana bir bor yarashishimizni ko‘rmaydigan qoya yonida u vafo-
siz meni qanchalar kutgan ekan — bilmayman. Lekin kutishdan tolib uyiga kelganda, 
chiziqli maktab daftarining varag‘iga yozilib, stolga qo‘yilgan shu satrlarni ko‘rganda, 
harholda shoshib qolar: 
“Komronbey afandi. “Sariq gul” romanini boshidan oxirigacha tushirdik. To o‘lgunimiz-
cha bir-birimizni ko‘rish yo‘q. Sendan nafratlanaman. 
FA-RI-DA”. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin