www.ziyouz.com kutubxonasi
95
shladi. Zinapoya taxtalari sekin-sekin g‘ijirlar, dahlizda odamlar pichirlashayotganday
sirli ovozlar eshitilardi.
Choliqushi, bo‘ldi, yot endi. Yarim kechada yashirin so‘ylashgan bu ovozlardan
qo‘rqma. Bular qanchalik zolim bo‘lishmasin, sariq gullarning yetim xola qiziga qilgan ja-
bru jafolaridan ortiq yomonlik qilishmaydi senga.
* * * Zay-ni-lar, 20 no-yabr. Bugun ertalab hisoblab ko‘rdim. Zaynilarga kelganimga nari-berisi bilan bir oy bo‘lib-
di. Bu bir oy menga hozir o‘n yildan ham ortiq ko‘rindi. Shu kunga qadar daftarimga bi-
ron narsa yozgim kelmadi. To‘g‘rirog‘i, yozishdan qo‘rqdim.
Dastlabki kunlarda yuragim hasrat va alam bilan to‘liq edi, kim biladi, qanday bema’ni
narsalarni yozib yuborishim mumkin edi. Mana endi bu yerga ko‘nika boshladim. Aleksi
opaning og‘zidan tushmaydigan bir gapi bor edi: “Qizlarim, umidsiz kasalliklarning, tabi-
iy falokatlarning birgina dorisi bor: chidash va bo‘ysunish... G‘am-alamlarda yashirin
shafqat bor. Shikoyat qilmaganlarni, o‘zlarini ochiq chehra bilan qarshilaganlarni kamroq
azoblaydi”, — deyardi.
Choliqushi bu so‘zlarni har doim kulimsirab eshitardi. Mana endi ularni to‘g‘ri deb bila-
di, kulishga jasorat ham qilolmaydi.
Zaynilarda o‘tgan mana shu bir oy ichida shunday damlar bo‘ldiki, butun umidsizlikka
chulg‘andim. “Behuda urinma! Endi u yog‘iga chiday olmaysan!” deyar edim o‘zimga.
Ana shunday damlarda Aleksi opning payg‘ambarona so‘zlari menga yordam berardi.
Yuragim qon yig‘lab tursa ham kular, ashula aytar, hushtak chala boshlar edim. Shun-
dayki, qalbim, nihoyat, bu kayfiyatning yolg‘onligiga ishonar, suvga tushgan gullar kabi
titray-titray tirila boshlar edi.
Keyin atrofimdagi narsalardan tasalli qidirishga tutindim. Qo‘limga kirgan yangi yap-
roqni betlarimga, lablarimga surtar, bog‘dan topib olgan nimjon mushuk bolasini
ko‘ksimga bosar, nafaslarim bilan isitar edim. Juda bo‘lmay ketgandan keyin o‘z-o‘zimga
“Ko‘nglingni cho‘ktirma, Farida! O‘zingni qo‘lga ol. Bilasanki, hayotda kulib turuvchi
yuzingdan, yuragingdan, jasoratingdan boshqa hech narsang qolmagan!” deyardim. Bu
xushchaqchaqlik yasama, o‘tkinchi bir narsa ekanligi ma’lum. Mayli! Shunday ham
bo‘lsin. Yopiq yerto‘laga kirgan bir parcha nur, yiqiq devor toshlari orasida ungan zaif bir
gul, har nima bo‘lganda ham hayot alomati, inson tasallisidir.
Bugun juma, maktab yopiq. Bir necha kundan beri tinmay yog‘ayotgan yomg‘ir to‘xta-
di. Tashqarida kuz o‘zining so‘nggi ayriliq bayramini o‘tkazyapti. Uzoqdagi qator-qator
tog‘lar, qamishzorlardagi suvlar quyoshga kulib boqishayotgandek ko‘rinardi. Sarvi da-
raxtlari, mozor toshlari ham vahimali manzaralarini yo‘qotgandek edi. O‘zimning qalbim-
ga qarayman. Men endi hamma narsaga ko‘nikib qolgan, hatto bu johil, dilxun qishloqqa
bir oz o‘rgana, uni seva boshlagan edim.
* * * Kelgan kunimning ertasiga ertalab dars boshladim. Mana shu birinchi kun hayotim-
ning eng unutilmas kuni bo‘lib qoladi.
Maorif mudirining zo‘r fidokorliklar evaziga yangilagan darsxonasiga ertalab tuzukroq
razm solib qaradim. Bu yer ilgari molxona bo‘lganga o‘xshaydi. Faqat bunga pol qilishib-
di, derazalarini kengaytirib, ko‘zlariga oyna solishibdi.
Mo‘ri isiday qop-qora ko‘ringan devor qog‘ozlarida usti ostiga qilib qoqilgan bitta xari-
ta, bitta skelet chizmasi, bitta dehqon fermasi va ilon rasmi solingan suratlar osilib tu-
rardi. Maorif mudiri aytgan yangi dars qurollari harholda shular bo‘lsa kerak.
Sinfning bog‘ tarafidagi devorida molxona vaqtidan qolgan oxur turibdi; buni olib ta-