www.ziyouz.com kutubxonasi
70
bilmaydiganga o‘xshaydi. Buni bildirmaslik uchun qog‘ozni u yog‘idan-bu yog‘idan qarar,
qo‘lida aylantirib ko‘rar edi.
— Yaxshi. A’lo!..
Naima xonim:
— Jonim, bey afandi, siz yaxshilik qilishni sevasiz, shu qizni bo‘sh qaytarmang, — de-
di takallufsiz qilib.
Mudir qoshlarini chimirib, soqolini titib turib o‘ylar edi.
— Juda soz, juda soz, — dedi. — Ammo biznikilar bu maktabning diplomini qabul qili-
sharmikan?
Esiga bir narsa tushganday, qo‘lini stolga urdi-yu:
— Qizim, Istambul rushdiyalaridan*** birida frantsuz tili muallimaligini so‘rasang,
qalay bo‘larkin? Bo‘ldi, u yog‘ini o‘zim o‘rgatib qo‘yaman. To‘g‘ri Istambul Maorif mudirli-
giga borasan.
Men darrov uning so‘zini bo‘ldim:
— Istambulda qola olmayman, iloji yo‘q, afandim,— dedim. — Albatta, viloyatlardan
biriga ketishim kerak, majburman.
U shoshib qoldi.
— Kamol top! — dedi. — O‘z xohishi bilan Anatoliyaga ketmoqchi bo‘lgan muallimani
birinchi marta uchratishim. Ofarin, biz muallimalarimizni Istambuldan chiqarguncha qaro
terga tushib ketamiz-u! Sen nima deysan, Naima xo‘jonim?
Mudir mendan gumonsirardi. Mug‘ambirlik bilan meni tekshirar, oilam haqida savollar
berardi. Boyoqishni tinchitguncha jonim bo‘g‘zimga keldi.
Mudir o‘tirgan yeridan: “Shahob afandi!” deb chaqirdi. Javon bilan kantselyariya o‘rta-
sidagi eshikda kichkina, chuvakkina bir yigit ko‘rindi.
— Menga qara, Shahob afandi, bu xonim qizni olib chiq, Anatoliyada muallimalik qil-
sam deydi, istido yozib kel, o‘zim ko‘raman.
Endi ishim bitganday quvonar, mudirning bo‘yniga osilib, soqolining oq tomonidan
o‘pgim kelardi.
Shahob afandi meni kantselyariyada qog‘ozlar tiqilib yotgan bir stol yoniga o‘tqazdi,
mudir tayinlagan iltimosnomani yozish uchun menga savollar berar, javoblarimni bir
parcha qog‘ozga qayd qilib borardi. Bu kambag‘al qiyofa, kasal bashara ma’murda
qo‘rqoq, hurkak bir holat bor edi. Savol bergani yuzimga qaraganda hadeb kipriklari pi-
rillardi.
Deraza yonida turgan o‘rta yoshli ikkita sekretar bir-biri bilan hadeb pichirlashar, ora-
sira bizga yer ostidan qarab qo‘yishardi. Biri:
— Shahob, sen bugun qattiq charchading, bo‘tam. Qo‘y, shu istidoni biz yozib bera
qolaylik, — dedi.
Hali ko‘nglimda bir oz shodlik bor, tilim ham tinch turmaydi.
Hech qanday munosabati bo‘lmasa ham:
— Bu idorada o‘rtoqlar bir-birlariga muncha yaxshi g‘amxo‘rlik qilishar ekan! — de-
dim.
Shahob afandi qip-qizarib boshini egdi. Qaydam, biron noo‘rin narsa qilib qo‘ydimmi?
Harholda shunga o‘xshaydi. Chunki naryoqdagilar ham kulardilar. Nima deyishganini
aniq bilolmadim, lekin bittasining “Muallima xonim ancha pishiq, quv” deganini uqib qol-
dim. Bu so‘zlarning ma’nosi nima ekan? U afandilar nima demoqchi edilar?
Istidoning qora teksti bir necha marta mudir yoniga borib-keldi. Qizil siyoh bilan chizi-
lib, o‘chirilgandan so‘ng tozaga ko‘chirildi. Mudir:
— Bor endi, qizim. Olloh qo‘llasin. Men qo‘limdan kelganicha yordam qilaman, — dedi.
Yonida boshqa odamlar bo‘lgani uchun ortiq bir narsa deyishga botinmadim. Lekin bu
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
Yüklə Dostları ilə paylaş: |