www.ziyouz.com kutubxonasi
78
Mudira xonim:
— Sizni kabinetimda kutaman, qizim, — dedi-yu, u ham chiqib ketdi.
Bir ozdan so‘ng boya meni himoya qilgan yosh juvon ikkalamiz qoldik.
Unga minnatdorchilik bildirish niyatida:
— Qarang, meni deb siz ham ancha ovora bo‘ldingiz,— dedim.
U “ahamiyati yo‘q” demoqchi bo‘lganday yelkalarini uchirib kuldi.
— Jo‘rttaga shunday qildim. Bundaylarning ana shunaqa ta’zirini berib qo‘ymasa
bo‘lmaydi. Odamning boshiga chiqib olishadi. Undan keyin sho‘ringiz quriydi. Darsdan
keyin ko‘risharmiz, a?
Mudiraning kabinetiga borishga bordim-u, lekin eshikni ochib kirishga yuragim betla-
madi. Yana shu haqda gap ochilishini o‘ylab ko‘nglim behuzur bo‘ldi. Oyoq-qo‘lim
bo‘shashdi, portfelim og‘irlashdi, hech kimga ko‘rinmay maktabdan chiqib musofirxona-
ga qaytdim.
* * *
Hoji xalfa meni ko‘rar-ko‘rmas qo‘llarini silkib yozdi, kuyunib gapira ketdi.
— Voy xo‘jonim, sen bechoraning boshingga nimalar solishmabdi-ya!
Tavba, butun voqeadan xabardor ekan. Darrov qaerdan ham bilib olganiga hayron-
man.
— Hazir bo‘l, qizim, ko‘zingni katta och endi. Istambulga yozamiz, deb seni yana laqil-
latib yurishmasin. Maorif ministrligida tanishing bo‘lsa darrov xat yozaylik, — dedi.
Meni ministrga tavsiya qilgan keksa shoirdan bo‘lak tanishim yo‘qligini aytdim. Hoji
xalfa uning otini eshitib, yosh boladay suyunib ketdi.
— Voy, u mening valiulne’matim-ku!* — deb yubordi. — U bir vaqtlar bu yerda ido-
diya** mudiri edi. Farishtaning o‘zi u, bolam! Yoz, qizim, darrov yoz! Menga hurmating
bo‘lsa, mendan ham duo ayt. “Qulingiz Hoji xalfa muborak qo‘lingizni ko‘zlariga surtadi”,
degin.
* * *
Bechora Hoji xalfa oqsoq oyog‘ini sudrab tez-tez tepaga chiqar, “prokurorbey
qo‘rqmasin, maorif bo‘limining mudirini qattiq siqishtirsin, haqqi bor”, deyar, yo bo‘lma-
sa: “Baladiya injeneri ertaga Istambulga ketayotipti. Maorif ministrligiga uchrayman deb
va’da qildi”, degan gaplarini topib kelardi.
Bu qanday taajjub o‘lka! Boshimga tushgan savdoni bir soat ichida hamma bilib olipti.
Musofirxona qahvaxonasida, hammaning og‘zida shu gap!
— Hoji xalfa, bu qanday gap, bu yerda hamma bir-birini bilar ekan! — dedim.
Chol ensasini qashib turib:
— E, bu yer kichkina hovuchday joy qizim, — dedi.— Bu yer qaerda-yu, toshidan, tu-
prog‘idan o‘rgilay Istambul qaerda! Bunday gap u yerda bo‘lsami, hech kim bilmaydi,
yopig‘liq qozon yopig‘ligicha ketaveradi. Bu yerning g‘iybati ko‘p. Sen buni bilib qo‘yi-
shing kerak. Mendan senga bir nasihat aqlli-hushli bo‘l, odobli bo‘l. Do‘konlarda, bozor-
larda yuzingni ochib yurma. Ha-da! (Voy xudo, bu “ha-da” so‘zini shunaqa ham g‘alati
qilib aytardiki!) Xudo nasib buyursa, sening ham omading kelar. Bu yerda bir muallima
bor edi. Orifa xo‘jonim. Sud raisi o‘shanga uylandi. Mana endi yegani oldida, yemagani
ortida. Senga ham xudo shunday baxt bersin. Nima, sen uni chiroyli xotindir deysanmi?
Chiroy yo‘l bo‘lsin! Faqat iffatli, og‘ir-vazmin xotin edi. Hozir dunyoda odam uchun no-
musdan qimmatli narsa yo‘q!
Hoji xalfaning menga ishonchi, husni tavajjuhi kun sayin ortib bordi. Har kuni uyidan
mayda-chuyda narsalar: choynak o‘rab qo‘yiladigan to‘r yopiq, kashtali sochiq, yog‘och-
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
Yüklə Dostları ilə paylaş: |