Microsoft Word daftar hoshiyasi ziyouz com doc



Yüklə 108,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/29
tarix07.04.2023
ölçüsü108,46 Kb.
#94404
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
802bce2e50edb4c06a74a5b3fe5b7060 DAFTAR HOSHIYASIDAGI BITIKLAR

SAKKIZINCHI MO'JIZA 
Qalamkashga qishloqning qalbi, shaharning aqli kerak. 
* * * 
Badiiy ijod shunday daraxtki, shoxida umuminsoniy mevalar yetiladi, ildizi esa milliy 
zaminda yotadi. 


Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
* * * 
Adib qaysi tilda asar yozsa, o’sha xalqning yozuvchisi hisoblanadi. Bu o’rinda millatning 
daxli yo’q. 
* * * 
Yozuvchilik-ikki foiz talant, to’qson sakkiz foiz mehnatdir, degan gap to’g’ri bo’lsa, 
dunyodagi hamma chumolilar yozuvchi bo’lardi! 
* * * 
Haqiqiy dengizchi ummonda o’zini qanchalik erkin his qilsa, haqiqiy yozuvchi ham so’zlar 
ummonida shunchalik erkin suzishi kerak. To’rtta jumla yozmay turib, u yog’iga so’z 
topolmay qoladigan odamdan yozuvchi chiqmaydi. 
* * * 
Iztirob chekib yozilgan asar rohat qilib o’qiladi. 
* * * 
Tasavvur qiling: siz tasviriy san’at muzeyiga kirdingiz. Polotnolardagi ranglarni, 
odamlarning qiyofasini ko’zingiz bilan ko’rib, hayajonga tushasiz. Tasavvur qiling: siz 
magnitafonda muzika tinglayapsiz. Cholg’u ohanglari, xonandaning ovozini qulog’ingiz 
bilaneshitib, hayajonga tushasiz… endi tasavvur qiling: siz kitob o’qiyapsiz. Oq qog’ozda 
qora chiziqlar-harflardan bo’lak hech qanaqa rang yo’q. hech kim kuy ham chalmaydi. 
Ammo asarni o’qishga kirishishingiz bilan ko’z o’ngingizda rangin manzaralar paydo 
bo’ladi. Qulog’ingiz ostida ajib ohanglar jaranglay boshlaydi. O’zingiz bilmagan holda 
qattiq hayajonga tushasiz… 
Hech shubhasiz, badiiy adabiyot-dunyodagi sakkizinchi mo’jiza! 
* * * 
U- zo’r ijodkor. Shunchali “polvon”ki, qayoqqa borsa, bir qop “paxta” orqalab yuradi. 
* * * 
O’z xalqi tanimagan, o’z xalqi sevmagan yozuvchini jahon kitobxoni sevishiga 
ishonmayman. 
* * * 
Qog’oz oq bo’lgani uchun unga So’z bitadilar. Paytava kr bo’lgani uchun unga So’z bitib 
bo’lmaydi. Qog’oz pok bo’lgani uchun zarracha cho’g’ tushsa, yonib ketadi. Paytava kir 
bo’lgani uchun tutaydi-yu, yonmaydi. Yozuvchi bo’lish uchun iste’dodning o’zi kamlik 
qiladi. 
Qalbi qog’ozdek oq, qog’ozdek yonadigan odamdangina chinakam yozuvchi chiqadi. 
* * * 


Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov 

Yüklə 108,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin