Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir
Hoshimov
www.ziyouz.com kutubxonasi
20
Do’st
Do’st degani daraxt yaprog’iga o’xshaydi. Bahor chog’i-behisob. Kuz kelganda-sanoqli.
Yoshlik chog’i-behisob. Keksayganda-sanoqli...
Vatan tuyg’usi
Qaysi yurtda non arzonroq bo’lsa, o’sha yerga ko’chib yuradigan odamda Vatan tuyg’usi
bo’lmaydi.
Dono va nodon
Dono nodondan o’zini bir pog’ona
quyi tutsa, hayron bo’lmang. Taroning yukli pallasi
bo’sh palladan pastroqda turadi.
Orzu
Qani endi, qaytadan go’dakka
aylanib qolsang-da, o’ylaganingni qo’rqmasdan
aytaversang.
FARZANDLARIMGA O'GITLAR
Uchrashuvlarda bir savolni ko’p berishadi:
“O’zingiz uchun eng qimmatli asar qaysi?”
Ko’pincha yarim hazil bilan javob qilaman:
“Mening ikkita qimmatli “asarim” bor: biri-o’glim, biri-qizim!”
Senlar menga Xudo bergan eng bebaho boyliksan… Shu bois, diqqat bilan eshit!
* * *
Bir narsani orzu qilaman.
Bu dunyoda men qilgan yaxshi ishlardan aqalli bitta ko’proq yaxshilik qilsang…
Bu dunyoda men qilgan xatolardan aqalli bitta kamroq xato qilsang…
* * *
Hech qachon Osmonga tupurma! Osmon qahrli. Tupuging yuzingga qaytib tushadi!
Hech qachon Yerga tupurma! Yer mehrli: tupuging yuzingga sachraydi.
Ammo shu Yer
seni ko’ksida ko’tarib yuradi!
* * *
Iloji bo’lsa, mening kasbimni tanlama. Yozish qiyin. Haqiqatni yozib,
barchaga baravar
ma’qul qilish undan ham qiyin...
* * *
Yomonning yaxshisi bo’lgandan yaxshining yomoni bo’l. yomondan-yomonlik yuqadi.
Yaxshidan-yaxshilik.
* * *
Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov
Dostları ilə paylaş: