Oshkoralik Oshkoralik shunday daraxtki, uning mevasini eng avval chinqiroq maymunlar yeydi.
Xavfli odam Yaxshigayam, yomongayam birdek yaxshi ko’rinishga urinadigan odam eng xavfli
odamdir!
Inson va shayton Ba’zilarga hayron qolasiz. Qilg’ilikni qilib qo’yadi-da, “bilmay qoldim, shayton
yo’ldanurdi”, deydi... To’g’ri, odamzot qonida shayton vasvasasi aylanib yurishi-bor gap.
Ammo.. Shunaqangi erkaklar borki, qirqta urg’ochi shaytonni bolalatib tashlaydi.
Shunaqangi ayollar borki, qirqta erkak shaytonni aliment to’laydigan qilib qo’yadi...
Hamma aybni shayton sho’rlikka to’nkayvermang!
Ayol qalbi Ayol qalbi teskari magnitga o’xshaydi: yaqinlashsang-uzoqlashadi, uzoqlashsang-
yaqinlashadi.
Hushyor bo’ling Ayol sizni juda qattiq sevsa, hushyor bo’ling. Otashin muhabbat-rashkka, rashk-
shubhaga, shubha-xudbinlikka, xudbinlik-dushmanlikka aylanishi mumkin.
Go’dak isi Ayol go’dak isini birinchi farzandi tug’ilganidayoq his etadi. Erkak esa go’dak isi
nimaligini nevarali bo’lganidan keyin anglaydi!... Biz-erkaklar doim kechikib yuramiz…
Otalar va bolalar U oddiy odam edi. Hammolchilik qilardi. To’rt qiz, uch o’g’ilni oyoqqa turg’azdi.
O’g’illarini uylantirdi. Qizlarini chiqardi. Hammasini uyli-joyli qildi.
Ko’z yumayotganida “hammalaringdan mingdan-ming roziman”, dedi...
Qarashsa, kafanligi yo’q ekan…
Gumroh bandalar Odamlarga hayronsan. Ota-onasi tirikligida ikki og’iz shirin so’zni tekinga aytmaydi-da,
ular o’lganidan keyin ming-ming pul sarflab, o’sha so’zlarni qabrtoshga yozdirib
qo’yadi...
Kulgi va yig’i Kulishni bilmaydigan odam-baxtsiz odam. Yig’lashni bilmaydigan odam esa ikki hissa
baxtsiz!
Asl aynimas Sopol tovog’ing sinsa, dod sol: kesakka aylanadi. Tilla idishing sinsa, parvo qilma:
bahosi tushmaydi!