Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir
Hoshimov
www.ziyouz.com kutubxonasi
7
o’tadi, goh qora katakdan…
farqi shuki, birovning qismatida oq kataklar ko’proq bo’ladi,
birovnikida- qora kataklar…
Oftob
Yaxshiyamki Xudo oftobni bag’rikeng qilib yaratgan. Bo’lmasa yer yuzidagi odamlarning
illatlarini har kuni ko’raverib, allaqachon so’nib qolgan bo’larmidi…
Orol va qit’a
Insoniyat orol emas, qit’a bo’lib yashashni o’rgansa, ko’p
balolarning oldi olingan
bo’lardi.
Baho
Odam bolasi elektr simi emaski, birini musbat, birini manfiy desang…
Hayot falsafasi
Munkillab qolgan ammam bo’lardi. O’ta xudojo’y kampir edi. Bolaligimda oldiga o’tkazib
qo’yib, bir gapni ko’p aytardi.
- U quloq, bu qulog’ing bilan ham eshitib ol, bolam. Odamning u yelkasida ham, bu
yelkasida ham bittadan farishta o’tiradi. O’ng yelkangdagi farishta umr bo’yi
qilgan
savob ishlaringni, chap yelkangdagisi gunohlaringni hisoblab boradi. U dunyoga
borganingda hisob-kitob qilib ko’rishadi. Savobing ortiq bo’lsa, jannatga,
gunohing ortiq
bo’lsa, do’zaxga tushasan…
Savodsiz kampirning sodda falsafasida qanchalik chuqur ma’no borligini endi
tushunyapman.
Mo’tabar zot
Ayol kishiga avvalo Ona deb qarasak, hammasi joy-joyiga tushadi.
Tosh va qum
Toshni
maydalab, qumga aylantirish uchun bir daqiqa kifoya. Ammo qumning toshga
aylanishi uchun ming yil kamlik qiladi. Do’stlik ham shunga o’xshaydi.
Bosh aybdor
Turmush sinovlariga biz-kattalar dosh berolmasak, bolada nima gunoh?
Nega bizning
aybimiz uchun go’daklar yetim qolib, aziyat chekishi kerak?
Donishmand
Nar lochin yemish topib kelarkan. Moda lochin o’ljani polaponlariga bo’lashib berarkan.
Biron falokat bo’lib, moda lochin o’lib qolsa, nar lochin har qancha yemish topib
keltirmasin, baribir, polaponlar ochidan nobud bo’lar ekan. Negaki, nar lochin o’ljani
bolalariga burdalab berishni eplolmas ekan…
Tabiat
naqadar beshafqat, tabiat naqadar dono!
To’la va chala
Yarim haqiqat chin bilan yolg’onning o’rtasida turadi, degan odam yanglishadi. Yarim
haqiqat hamisha chindan ko’ra yolg’onga yaqinroq turadi.
Zulm
Odamlarni qo’rqib yashashga majbur qiladigan jamiyat- eng omonat jamiyatdir.
Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov
Dostları ilə paylaş: