Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov
www.ziyouz.com kutubxonasi
15
suv quyadi-da, loyini iylab-iylab, o’zini
qaytadan yasab, boshqa qiyofaga kirib oladi…
Qattiqroq yomg’ir yog’sa, balchiqqa aylanib ketadi-yov!
Aql va mansab
Aql bilan mansabga erishishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib bo’lmaydi.
Yeb to’ymagan-yalab to’ymas
Qadim zamonda ko’zi ojiz odam bo’lgan ekan. Albatta, ko’zi ojizlik ayb emas…
Xullas
o’sha odam tirikchiligi tang ahvolda qolgach o’ziga o’xshash so’qir bir tilanchiga shogird
tushibdi. Gadoylik hunarining sirini o’rgatishni so’rabdi.
-
Bu hunarning uchta qoidasibor,-debdi ustozi.- Qayerda bo’lsa ham, qancha bo’lsa ham,
kimdan bo’lsa ham olaverasan!
Oradan ko’p yillar o’tibdi. Ustoz tilanchi hammomning issiq xonasida mudrab o’tirsa,
yonbosh tomondan ovoz kepti:
- Xayr qili-i-ing!
-Esing joyidami?-debdi ustoz tilanchi. –Hammomda ham sadaqa so’raydimi?
-Qayerda bo’lsa ham!-debdi boyagi ovoz.
Ustoz tilanchining achchig’i chiqibdi.
-Qanaqa betamizsan, yalang’och odamda pul nima qilsin?
- Qancha bo’lsa ham!
Ustoz tilanchi shogirdining ovozidan tanib qolibdi.
- Hoy, badbaxt! Kelib-kelib o’z ustozingniham shilasanmi?
- Kimdan bo’lsa ham!-debdi shogird tilanchi...
Albatta, poraxo’r tilanchi emas. Poraxo’r avvaliga o’zini tiyib yuradi. “Insof” bilan oladi.
Ammo bora-bora qayerda bo’lsa ham, qancha bo’lsa ham, kimdan bo’lsa
ham olishga
o’rganadi. Va... oxiri hammomga yalang’och kiradi... tag’in kim bilsin... Qarib-
churuguncha umrguzaronlik qiladiganlari ham oz emas shekilli.
Dostları ilə paylaş: