Microsoft Word dajjol ziyouz com doc


"Albatta odamlar ibodat qilishlari uchun qurilgan birinchi uy Makkadagi



Yüklə 242,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/27
tarix12.05.2023
ölçüsü242,34 Kb.
#112229
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Dajjol haqida nima bilasiz

"Albatta odamlar ibodat qilishlari uchun qurilgan birinchi uy Makkadagi 
muborak va butun olamlar uchun hidoyat (mayoqi) bo’lgan Ka’badurki, unda 
maqomi Ibrohnm (ya’ni Ka’bani qurishda Ibrohim alayhissalom oyoqlari ostida bo’lgan 
xarsang tosh) va unga kirgach, odam har qanday xavf-xatardan omon bo’lishi 
(kabi) ochiq oyat-alomatlar bordir. Va yo’lga qodir bo’lgan kishilar zimmasida 
Alloh uchun mana shu uyni haj-ziyorat qilish burchi bordir. Kimda-kim kofir 
bo’lsa (ya’ni Ka’bani ziyorat qilish farz ekanini inkor qilsa), bas albatta, Alloh butun 
olamlardan behojat bo’lgan zotdir (Oli Imron, 96-97).
Madina — Nabiy sollallohu alayhi va sallam hijrat qilib borgan makon. Alloh uni yoqimli
xushbo’y qilgani uchun "Тayyi-ba" nomini oldi. Bu shahar Nabiy sollallohu alayhi va 
sallam hijratlari tufayli munavvar bo’ldi. U Zotning Qabrlari ham o’sha yerda. Alloh bu 
shaharning nurini, ko’rkamligini yanada zyayoda etdi, tuprog’ini ham xushbo’y, yoqimli 
qildi. Rasululloh Madinaga baraka so’rab duo qilganlar. Alloh uning mevaldriga, toshu 
tarozusiga baraka bergan.
Hadisi sharifda kelishicha, bu ikki muborak shahar mal’un Dajjolga harom bo’lishi 
haqiqat. Alloh dunyo va oxiratda uni xor qilsin. 
Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sodlallohu alayhi va sallam 
shunday deydilar: "Biron bir shahar yo’qki, Dajjolning qadami yetmagan bo’lsa, ammo 
Makka bilan Madina bundan mustasno" (Buxoriy va Muslim rivoyati). 
Anasdan rivoyat qilingan boshqa hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: 
"Dajjol Makka va Madinadan tashqari hamma shaharlarga kiradi. Bu ikki sha-harning har 
bir dara va so’qmoqlarida farishgalar saf tortgan holda qo’riqlab turadilar. Dajjol (shahar 
tashqarisidagi) taqir yerga tushganida, yer uch marta silkinadi. Kofir va munofiqlarning 
hammasi (ikki haramni tashlab) Dajjol oldiga chiqadilar" (Buxoriy va Muslim rivoyati). 
Boshqa bir sahih hadisda: "Bironta makonga Dajjolning oyog’i yetmasdan qolmaydi. 
Lekin Makka, Madina, Baytul Maqdis va Тur tog’i bundan mustasno. Chunki farishtalar 
uni bu joylardan quvib chiqaradi", deyilgan. 


Dajjol haqida nima bilasiz? 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
9
Ma’lumki, Baytul Maqdis Ka’badan keyin ibodat uchun qurilgan ikkinchi uydir. Aksar 
payg’ambarlar shu yerga jo’natilganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam me’roj 
kechasida avvalo Baytul Maqdisga borganlar. U, shuningdek, avvalgi payg’ambarlarning 
qiblasi hamdir. Alloh Ka’bani qibla qilib belgilaguniga qadar, Rasululloh sollallohu alayhi 
va sallam ham o’sha tarafga yuzlanib namoz o’qiganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallam me’roj kechasida, Baytul Maqdisda barcha payg’ambarlarga (Odamdan Iso 
alayhimus-salomgacha) imom bo’lib namoz o’qidilar. 
Тur tog’i payg’ambar Muso alayhissalom bilan Olamlarning Rabbi Alloh taolo o’rtasnda 
bo’lgan bevosita suhbatga guvoh bo’lgan tog’dir. Alloh taolo aytadi: 
çµ≈uΖ÷ƒy‰≈tΡuρ
⎯ÏΒ
É=ÏΡ$y_
Í‘θ’Ü9$#
Ç⎯yϑ÷ƒF{$#
çµ≈uΖö/§s%uρ
$|‹ÅgwΥ
∩∈⊄∪

Yüklə 242,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin