www.ziyouz.com kutubxonasi
5
Hadisning ba’zi roviylari: "O’ninchi alomat — Isoning tushishi", desalar, boshqalari:
"Odamlarni dengiz tomon haydaydigan shamol", deydilar (Muslim rivoyati).
Bu alomatlarning eng avvalgisi uch marta yer yutishi. Ba’zisi Nabiy sollallohu alayhi va
sallam zamonlarida ro’y bergan. Abul-Faraj ibn Javziy shunday hikoya qiladi: "Iroqda
juda qattiq zilizila va yer yutish sodir bo’ldi. Bu ofat tufayli ko’p xaloyiqlar halok bo’ldi".
Qurtubiy aytadi: "Ustozlarimizning biridan eshitgan edik. Andalusning sharqidagi
Qatartanda degan qishloqda zilzila bo’lgan va tog’ qulab qishloqni butunlay bosib qolgan.
Do’stlarimizning biri xabar berishicha, Тarsah qishlog’ida ham qattiq yer silkinishi ro’y
bergan. Uylarning devor va shiftlari qulab tushgan. qishloq ahlidan juda oz sonli kishilar
salomat qolganlar".
Hadisda yer xayvoni Ya’juj va Ma’jujdan oldin chiqishi aytilgan. Aslida qiyomatning
birinchi alomati Dajjolning chiqishidir, so’ngra Iso ibn Maryam tushadi. Keyin Ya’juj va
Ma’juj chiqadi Alloh taolo ularni bo’yniga "nag’af" qurtini tushirib, halok qilgach,
payg’ambari Iso nbn Maryam sollallohu alayhi va sallamning ham jonini oladi. Iso
alayhissalomdan keyin, odamlar sekin-asta islom dinini unutib boradilar. Insonlar
o’zlarining avvalgi johiliy odatlariga qayta boshlaydilar. Har safar Alloh bandalariga
ogohlantiruvchi (rasul) yuborib, hujjat qoim qilgandan keyin ro’y berganidek, odamlar
yana kufr va fosiqlikka qaytadilar. Shunda Alloh yerdan bir hayvonini chiqaradi. U (ya’ni,
yer hayvoni) mo’minni kofirdan ajratadi. Kofirlarni kufrdan, fosiqlarni fisqu fujurdan
qaytaradi. So’ngra yer hayvoni g’oyib bo’ladi. Odamlarga esa ozgina muhlat beriladi.
Agar ular o’z tug’yonlarida davom etsalar, quyosh mag’ribdan chiqadi. Bundan keyin
kofir va fosiqlarning tavbasi qabul bo’lmaydi. Jinlar va insonlardan ibodat mas’udiyati
bekor bo’ladi. Chunki Alloh taolo aytadi:
$tΒuρ
àMø)n=yz
£⎯Ågø:$#
}§ΡM}$#uρ
ωÎ)
Èβρ߉ç7÷èu‹Ï9