Microsoft Word dajjol ziyouz com doc



Yüklə 242,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/27
tarix12.05.2023
ölçüsü242,34 Kb.
#112229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Dajjol haqida nima bilasiz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
3
Beshinchi hadis. Abu Ka’b aytadi: "Nabiy sollallohu alayhi va sallam huzurlarida Dajjol 
tilga olindi (yoki Nabiy sollallohu alayhi va sallam Dajjolni esga oldilar), so’ng u zot 
dedilar: "Ko’zlarining biri yashil shishaga o’xshaydi Allohdan qabr azobidan panoh 
berishini so’raymiz". 
Oltinchi hadis. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu 
alayhi va sallam aytdilar: "Dajjol mashriqdan, Хuroson degan yerdan chiqadi. Yuzlari teri 
qoplangan sovutga o’xshaydigan guruhlar unga ergashadi". 
Yettinchi hadis. Said ibn Jumhon Safniyadan rivoyat qiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi 
va sallam bizga xutba o’qib, shunday dedilar: Har bir nabiy ummatini Dajjoldan 
ogohlantargan. Ogoh bo’linglar, uning chap ko’zi g’ilay. O’ng ko’zining ustida ortiqcha eti 
bor. Ikki ko’zining o’rtasida "kofir" deb yozilgan. U bilan ikki vodiy chiqadi. Biri jannat
boshqasi do’zax. Aslida, uning do’zaxi jannat, jannati do’zax bo’ladi. Dajjol odamlarga: 
"Men sizlarning rabbingiz emasmanmi? Тiriltiraman va o’ldiraman", deydi. U bilan ikki 
farishta bo’lib, ular ikkita payg’ambarga o’xshaydilar. Men u payg’ambarlarning ismini, 
otalarining ismini ham bilaman. Хohlasam, ularning ismini aytishim mumkin. Biri 
Dajjolning o’ng tomonida, boshqasi chap tomonida bo’ladi. U: "Men sizlarning rabbingiz 
emasmanmi? Тiriltiraman va o’ldiraman", deganida, farishtalardan biri aytadi: "Yolg’on 
aygding". Lekin sherigidan boshqa bironta inson uning (gapini) eshitmaydi. Ikkinchisi 
(birinchi faryashtaning gapini tasdiqlab): "Rost aytding", deydi. Mana shu narsa 
(odamlarga) fitna bo’ladi. So’ngra Dajjol yo’lida davom etib, Madinaga yetib keladi. "Bu 
o’sha kishining (ya’ni, Muhammad sollallohu alayhi va sallamning) shahrimi?" deydi. 
Unga Madinaga kirishga ruxsat berilmaydi. So’ng Shomga yetib keladi. Alloh uni Afiq 
dovonida halok qiladi". 
Yuqoridagi ma’nolarni ifodalaydigan, har xil rivoyatlar bilan kelgan boshqa sahih hadislar 
ham bor. Inshaalloh o’rni bilan, la’nati Dajjol haqidagi suhbatimiz asnosida o’sha 
hadislarni ham keltirib o’tamiz. 

Yüklə 242,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin