Microsoft Word dajjol ziyouz com doc



Yüklə 242,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/27
tarix12.05.2023
ölçüsü242,34 Kb.
#112229
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Dajjol haqida nima bilasiz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
Abu Umoma Bohiliy shunday deydilar: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizga 
xutba o’qidilar Хutbalarining aksarida Dajjol haqida gapirib, bizni ogohlantirdilar va 
shunday dedilar: «Alloh taolo Odam sollallohu alayhi va sallamni yaratgandan beri yer 
yuzida Dajjol fitnasidan ko’ra kattaroq fitna bo’lgan emas. Albatta, Alloh jo’natgan har 
bir payg’ambar ummatini Dajjoldan ogoxdantirgan. Men oxirgi payg’ambarman, sizlar 
esa, oxirgi ummatsizlar. Shubhasiz, u sizlarga chiqadi. Agar u chiqqan vaqtda, men 
orangizda bo’lsam, o’zim har bir musulmon ustida u bilan hujjatlashaman. Agar mendan 
keyin chiqsa, har kim o’zi hujjatlashadi. Alloh mening o’rnimga har bir musulmonga 
(yordam beradi). Dajjol Shom bilan Iroq o’rtasidagi Хulla degan joydan chiqadi. O’ng va 
chap taraflarni bosib o’tadi. Ey Allohning bandalari, ey insonlar, sobitqadam bo’linglar. 
Mendan oldin bironta payg’ambar aytmagan sifatlarni men sizlarga aytib beraman. U 
ishining boshida: "Men Allohning nabiyiman", deydi. (Bilinglarki) mendan keyin nabiy 
kelmaydi So’ngra haddidan oshib: "Men sizlarning rabbingizman", deydi. (Bilinglarki) 
o’lmaguningizcha Rabbingizni ko’rmaysizlar. U g’ilay bo’ladi. Rabbingiz g’ilay emas. 
Uning ikki ko’zi o’rtasida "kofir" degan yozuv bo’lib, o’qishni bilgan-bilmagan har bir 
mo’min uni o’qiy oladi. Uning fitnalaridan biri, uning jannati va do’zaxi bo’ladi. Aslida 
do’zaxi jannat, jannati esa do’zaxdir. Kimda-kim uning do’zaxiga tushish bilan imtihon 
qilinsa, Allohdan panoh tilasin va Kahf surasining avvalini o’qisin. Olov Ibrohimga 
(alayhissalom) salqin va salomatlik joyi bo’lgani kabi, Dajjolning olovi ham unga salqin 
va salomatlik joyi bo’ladi. Uning fitnalaridan yana biri, bir a’robiyga aytadi: "Agar ota-
onangni qayta tiriltirsam, rabbing ekanimga guvohlik berasanmi?" U: "Ha", deydi. Unga 
ikki shayton ota-onasi suratida gavdalanib, aytadilar: "Ey o’g’lim, unga ergash. U sening 
rabbing". 
Dajjolning fitnalaridan yana biri, bir kishiga g’olib bo’lib, uni o’ldiradi. Arra bilan uni 
arralab, ikki bo’lakka bo’lib tashlaydi. So’ngra odamlarga shunday deydi: "Qaranglar 
bandamga. Men uni hozir qayta tiriltiraman. So’ngra u mendan boshqa rabbi borligini 
da’vo qiladi». Alloh u kishiga qayta jon berganda, yovuz, kazzob unga shunday deydi: 
"Rabbing kim?" U aytadi: "Rabbim Allohdir. Sen Allohning dushmanisan. Sen Dajjolsan. 
Allohga qasamki, sen haqingdagi fikrim hech qachon bugungidek qat’iyroq bo’lmagan" 
(Hasan hadis. Izohi yuqorida keldi). 
Nuvos ibn Sam’on Kilobiydan rivoyat qilinadi; "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir 
kuni tush vaqtida Dajjolni esga oldilar, uni kamsitdilar va fitnasini katta sanadilar. Hatto 
biz uni xurmozor tarafda deb gumon qilib qoldik. So’ngra shunday dedilar: «Men sizlarga 
Dajjol chiqishidan qo’rqmayman. Agar u men sizlarning orangizda bo’lgan vaqtimda 
chiqsa, o’zim har biringiz uchun u bilan hujjatlashaman. Agar men sizlarning orangizda 
bo’lmagan vaqtimda chiqsa, har kim o’zi uchun hujjatlashadi. Alloh mening o’rnimga, 
har bir musulmonga (yordam beradi). U sochi jingalak, ko’zi uzumdek bo’rtib chiqqan, 
yosh yigitdir. Men uni xuddi Abdul Uzzo ibn Qatanga o’xshataman. Kimda-kim unga 
duch kelsa, Kahf surasining avvalini o’qisin. Dajjol Shom bilan Iroq o’rtasidagi Хulla 
degan joydan chiqadi. U o’ng va chap taraflarda fasod tarqatadi. Ey Allohning bandalari, 
sobitqadam bo’linglar». 
Biz so’radik: "Ey Rasululloh! U yerda qancha turadi?" 
"Qirq kun. Bir kuni bir yilga teng, yana bir kuni bir oyga teng, yana bir kuni bir haftadek, 
qolgan kunlari esa, sizlarning kuningiz kabidir", deb javob berdilar. 


Dajjol haqida nima bilasiz? 

Yüklə 242,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin