www.ziyouz.com kutubxonasi
14
Biz yana so’radik: "Ey Rasululloh! Mana shu bir yilga teng keladigan kunda bizga bir
kunlik (besh mahal) namoz kifoya qiladimi?"
«Yo’q. O’zingiz belgilab (o’qiyveringlar)», deb aytdilar.
"Ey Rasululloh! Yer yuzida u qanday tezlikda harakat qiladi", deb so’radik keyin.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam javob berdilar: «Shamol haydayotgan yomg’irli
(bulutga) o’xshaydi. Bir qavmga kelib, da’vat qiladi. Ular unga iymon keltirib, da’vatini
qabul etadilar. Shunda u osmonga buyuradi, bas, yomg’ir yog’adi. Yerga buyuradi,
ko’kat undiradi. Odamlarning chorva hayvonlari kechqurun (yaylovdan) kattalashib,
yelinlari sutga to’lib, biqinlari semirib qaytadi. So’ngra boshqa qavmga kelib, da’vat
qiladi. Ular Dajjolning so’zini rad etadilar. Dajjol ulardan yuz o’girib ketganida, yerlar
hosilsiz bo’lib, qo’llaridagi molu dunyolaridan biron narsa qolmaydi.
U xazinalar (ko’milgan) joydan o’tib, "xazinalaringni chiqar", deydi. Хazinayu dafinalar,
asalarilar ona ariga ergashganidek, uning ortidan ergashib yuradilar.
So’ngra barvasta, yosh yigitni chaqiradi, uni qilichi bilan urib, otilgan o’q masofasicha
bo’lakka bo’lib tashlaydi. So’ngra yigitni chaqiradi. Yigit yuzi yorishib (go’yoki hech narsa
bo’lmagandek) kulib keladi. Dajjol shu holatda turganida, Alloh Masih Iso ibn Maryamni
jo’natadi. U Damashqning sharqidagi oq minora yoniga, sariq kiyim kiygan, qo’lini ikki
farishtaning qanotlariga qo’ygan holda tushadi. Iso ibn Maryam boshini egsa suv tomadi
Agar ko’tarsa, marjondek terlar oqadi. Uning nafasi yetgan kofir o’lmasdan qolmaydi.
Nafasi esa ko’zi yetgan joygacha yetadn. U Dajjolni qidiradi. Nihoyat, Ludda darvozasi
yonida topib, uni o’ldiradi. So’ngra Iso alayhissalom Alloh Dajjoldan saqlagan qavmning
oldiga boradi. Ulardan qo’rquv va mashaqqatni ketkizib, jannatdagi darajalari haqida
gapirib beradi. Holat shunday bo’lib turganda Alloh taolo Iso alayhissalomga: "Men
ularga qarshi jang qilishga birrotasining qudrati yetmaydigan bandalarimni chiqardim.
Bandalarimni Тur tog’iga (olib chiqib) saqla", deb vaxiy qiladi. So’ng Alloh Ya’juj-Ma’jujni
jo’natadi. "Ya’juj va Ma’juj (to’g’oni) ochilib, ular har bnr tepalikdan oqib keladilar»
(Anbiyo, 96). Ularning avvali Тabariya ko’lidan o’tib, uning suvini ichib qo’yadilar.
Oxiridagilar o’tayotganlarida: "Bu yerda oldin suv bor edi", deb aytadilar. Iso
payg’ambar va uning as’hoblari qamal qilinadi. Hatto ulardan biriga ho’kizning boshi,
bugungi kundagi sizlarning yuz dinoringizdan afzal bo’ladi (ya’ni, qattiq ocharchilik
bo’ladi). Iso payg’ambar va uning as’hoblari duo-iltijo qiladilar. Shunda Alloh taolo Ya’juj
va Ma’juj bo’yniga nag’af qurtini tushiradi. Ular bir odam o’limidek, hammalari o’lib
bitadilar. So’ngra Iso payg’ambar va uning as’hoblari yerga tushadilar. Bir qarich ham
bo’sh yer topa olmaydilar. Hammayoqni Ya’juj-Ma’jujlarning jasadi va badbo’y hidi bosib
ketgan bo’ladi. Iso va as’hoblari yana duo-iltijo qiladilar. Alloh yomg’ir yog’diradi.
Yomg’ir, toshli uy bo’lsin, junli uy bo’lsin, hammasiga tushadi. Yerni yuvib, oynadek
(silliq va pokiza) qilib qo’yadi. So’ngra yerga aytiladi: "Mevalaringni undir, barakangni
qaytar". O’sha vaqtda bir guruh (odamlar) bir dona xurmoni yeb (qo’yadilar) va uning
shoxi ostida hammalari soyalanadilar. Alloh taolo sutga baraka beradi. Hattoki bir
homilador tuyaning (suti) bir guruh odamga kifoya qiladi. Homilador sigirning (suti) bir
qabilaning odamlariga yetadi. Homilador qo’yning (suti) bir urug’ ahliga yetarli bo’ladi.
Ular shunday holatda ekanlarida Alloh xushbo’y shamolni jo’natadi. U odamlarning
qo’ltiqlari ostidan esib o’tadi. Shu bilan Alloh har bir mo’min va muslimning jonini oladi.
(Yer yuzida) faqat yomon odamlar qoladi. Ular eshaklar kabi, ayollar bilan oshkora
yaqinlik qiladilar. Ularning ustiga qiyomat qoim bo’ladi».