www.ziyouz.com kutubxonasi
22
ham qiyomatga qadar tirik qolishga ruxsat bergan. Zero, Dajjol butparastlar pushti
panohi, sigirga sig’inuvchilarning yo’lboshchisidir.
Imom Ahmadning«Musnad»ida Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan shunday hadis
rivoyat qilingan: «Dajjolning ota-onasi o’ttiz yil farzand ko’rishmaydi. So’ngra ulardan
hammaga zarar beruvchi, manfaati oz, g’ilay farzand dunyoga keladi. Uning ko’zi uxlasa
ham, qalbi uxlamaydi".
Rivoyat qilinishicha, saxobalardan biri kimsasiz orolda zanjirband etilgan Dajjol bilan
uchrashgan. Bu ajoyib va g’aroyib uchrashuvdan Dajjolning chiqishi bilan bosh-lanajak
katta fitnadan oldin uning ahvoli qanday ekanini bilishimiz mumkin. Dajjol bilan
sahobaning o’rtasida bo’lib o’tgan suhbatdan uning dunyoda ro’y berayotgan ba’zi
voqealarni, hattoki Muhammad sollallohu alayhi va sallamning payg’ambar bo’lishi va
Madinaga hijrat qilishidan ham xabardor ekani ma’lum bo’ladi. Keling, Rasululloh
sollallohu alayhi va sallam bizga xabar bergan bu ta’sirli uchrashuv haqidagi hadisga
quloq tutaylik.
Imom Muslim "Sahih" kitoblarida quyidagi hadisni keltirganlar: Omir ibn Shurahbil
Sha’biy Zahhok ibn Qaysning singlisi, avvalgi muhojir ayollardan bo’lgan Fotima binti
Qaysdan so’radi: "Boshqa birovdan emas, aynan Rasululloh sollallohu alayhi va
sallamning o’zidan eshitgan bironta hadis aytib bersangiz".
Fotima: "Mayli, xohlasang, aytib beraman", deb, quyidagi hadisni aytdi: «Ibn Mug’iyraga
turmushga chiqqan edim. U o’sha vaqtdagi Quraysh yigitlarining eng yaxshilaridan edi.
Erim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan bo’lgan bir jihodda jarohatlandi. (So’ng
meni taloq qildi.) Men beva qoldim. Shunda bir nechta sahoba bilan birga Abdurahmon
ibn Avf menga sovchi bo’lib kelishdi. Shu vaqtda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam
ozod qilgan qullari Usoma ibn Zayd uchun so’rab kelib qoldilar. Men ilgari,
Rasulullohning sollallohu alayhi va sallam: "Kim meni yaxshi ko’rsa, Usomani ham
yaxshi ko’rsin", deganlarini eshitgan edim. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi va
sallam menga taklif qilganlarida, «O’zingiz hohlagan kishiga turmushga beravering",
dedim. Rasululloh: "Unday bo’lsa, Ummu Sharikning uyiga ko’chib o’tgin", dedilar.
Ummu Sharik ansoriy ayol-larning badavlati bo’lib, Alloh yo’lida juda ko’p infoq-ehson
qilar, ko’pchilik uning uyiga mehmon bo’lib tushar edn. Men: "Хo’p bo’ladi", dedim.
So’ng Rasululloh: "Yo’q, unday qilmay qo’yaqol. Ummu Sharikning mehmoni ko’p.
Ro’moling tushib ketishi yoki etagang ko’tarilib, oyog’ing ochilib qolishi, natijada (o’sha
yerdagi) kishilar, sen xohlamagan holda badaningta ko’zi tushib qolishini istamayman.
Yaxshisi, amakingning o’g’li Abdulloh ibn Umar ibn Ummu Maktumning uyiga boraqol".
(U qurayshning Bani Fihr qabilasidan bo’lib, men uning urug’idan edim.)
So’ng uning uyiga ko’chib o’tdim. Idda muddati tugagan kuni Rasulullohning muazzinlari
"Jamoat namoziga (kelinglar}", deb nido qilayotganini eshitdim. Masjidga chi-qib,
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga namoz o’qidim. Men erkaklarning ortida
turgan ayollar safida edim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozni o’qib bo’lgach,
kulib minbarga chiqdilar va «Hech kim joyini tark etmasin", deb aytdilar. So’ngra:
"Bilasizlarmi, nima uchun sizlarni (bu yerga) yig’dim?" deb so’radilar. Odamlar: "Alloh va
Rasuli bilguvchiroq", deyishdi. Rasululloh: "Allohga qasamki, men sizlarni ixtiyoriy
ravishda yig’madim, qo’rqqanimdan ham emas (ya’ni, behudaga yig’madim).
Тo’plaganimning sababi shuki, Тamim ad-Doriy* nasroniy kishi edi. U kelib menga bay’at