Microsoft Word dajjol ziyouz com doc



Yüklə 242,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/27
tarix12.05.2023
ölçüsü242,34 Kb.
#112229
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Dajjol haqida nima bilasiz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
berdi va Islomni qabul qildi. So’ngra Masihi Dajjol haqida bir voqeani so’zlab berdi. 
Uning gaplari men sizlarga aytgan xabarga to’la mos kelyapti. Menga aytipshcha, u 
(Тamim ad-Doriy) Laxm va Juzom qabilasidan o’ttiz kishi bilan birga kemaga minibdi. 
Тo’lqin ularni dengazda bir oy (xas-cho’pdek) o’ynagan. Nihoyat, ular kun botar tarafda
bir orol oldida langar tashlaganlar, qayiqlarga o’tirib, qirg’oq tomon suzganlar va orolga 
qadam qo’yganlar. Ularning oldiga yunglari o’sib ketgan jonivor kelgan. Yungining 
ko’pligidan oldi qaysi, orqasi qaysi, bilolmabdilar. "Holingga voy, kimsan o’zi?" deb 
so’rabdilar. "Men Jassosaman", debdi u. "Nima degani u Jassosa?" deb so’rabdilar yana. 
Maxluq aytibdi: "Ey qavm, ibodatxonadagi anavi kishining (oldiga) yuringlar. Chunki u 
sizlarning xabaringazga mushtoq". 
Тamim ad-Doriy aytadi: "Maxluq bizga ibodatxonadagi kishini ta’riflab bergan edi, 
maxluqdan shayton emasmikan", deb cho’chidik. Тez yurib, ibodatxonaga kirdik. 
Qarasak, ikki qo’li bo’yniga bog’langan, tizzasidan to’pig’igacha temir bilan kishanlangan 
juda bahaybat odamni ko’rdik. Biz undan: "Holinga voy bo’lsin, sen kimsan?" deb 
so’radik. U aytdi: "Mening xabarimni bildingiz Menga aytinglarchn, sizlar kimsiz o’zi?" 
"Biz arablarmiz. Kemaga mingan edik. (Safarimiz) dengizda dovul bo’lgan vaqtga to’g’ri 
kelib qoldi. Тo’lqin bizni bir oy (xas-cho’pdek) o’ynadi. So’ngra mana bu orol yaqiniga 
langar tashladik. Qayiqlarga o’tirib (qirg’oq tomon suzdik) va orolga chiqdik. Shu vaqt
yungining ko’pligidan na oldi va na orqasi bilinadigan jonivor oldimizga keldi. "Holingga 
voy, kimsan o’zi?" deb so’radik. U: "Men Jassosaman", dedi. Biz: "Jassosa nima degani?" 
deb so’radik yana. U: "Ibodatxonadagi anavi kishining (oldiga) boringlar. U sizlarning 
xabaringizga mushtoq", dedi. Keyin sening oldinga tezda keldik. Maxluqni shayton 
emasmikan, deb cho’chidik». Shunda bahaybat kishi dedi: "Bayson (falastindagi shahar) 
xurmozori haqida menga xabar beringlar". Biz aytdik: "Uning nimasi haqida 
so’rayapsan?" U: "Uning xurmolari haqida so’rayapman. Meva beryaptimi?" dedi. Biz: 
"Ha", dedik. "Yaqinda, u meva bermay qo’yadi, -dedi u. Keyin aytdi: - Endi menga 
Тabariya ko’li (Baytul Maqdis atrofidagi ko’l) haqida xabar beringlar». "Uning nimasini 
so’rayapsan?" dedik. 
"Unda suv ko’pmi?" 
"Ha. Uning suvi ko’p". 
«U ko’lning suvi (oz muddatdan keyin) quriy boshlaydi, — dedi va yana aytdi: — Endi 
menga Zug’ar (Shomdagi shahar) bulog’i haqida xabar beringlar». "Uning nimasini 
so’rayapsan?" dedik biz. U: "Buloqda suv bormi? Odamlar ekiklarini buloq suvi bilan 
sug’oryaptimi?" deb so’radi. Biz: "Ha. Buloqning suvi ko’p. Aholi ham ekinlarini buloq 
suvi bilan sug’oryapti", dedik. 
U keyin: "Omilarning payg’ambari haqida menga xabar beringlarchi? U nima ishlar 
qildi?" deb so’radi. Biz: "U payg’ambar Makkadan chiqdi va Yasrib (Madina)ga ko’chib 
o’tdi", dedik. U: "Arablar unga qarshi jang qildilarmi?" deb so’radi so’ngra. Biz: "Ha". 
dedik. "U arablar bilan qanday (yo’l tutdi) ?" deb savol berdi keyin. Biz unga: 
"Payg’ambar atrofdagi arablardan g’olib keldi. Oqibatda hammalari unga bo’yinsundilar", 
deb javob berdik. U: "Shunday bo’ldimi?" deya ta’kidlab so’radi Biz: "Ha"' dedik. 
"Albatta, arablar unga itoat qilsalar o’zlari uchun yaxshi bo’ladi, - dedi u. So’ng shunday 
deb qo’shib qo’ydi: - Endi men sizlarga o’zim haqimda xabar beraman. Men Masih 
Dajjolman. Yaqinda menga chiqish uchun ruxsat beriladi va men chiqaman. Men yer 
yuzini qirq kecha-kunduz ichida aylanib chiqaman. Makka va Тiybadan tashqari bironta 
qishloq, shaharni qoldirmay kiraman. Bu ikki shaxarga (kirshp) menga harom qilingan. 
Ulardan biriga kirmoqchi bo’lsam, bir farishta qo’lida yalang’ochlangan qilich bilan 


Dajjol haqida nima bilasiz? 

Yüklə 242,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin