www.ziyouz.com kutubxonasi
24
peshvoz chiqib, meni to’sadi. Makka va Тiybaning har bir tepaligida farishtalar ularning
hududini qo’riqlab turadi".
(Hadis roviyi) Fotima binti Qays aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam asolari
bilan minbarlariga ishora qilib, "Тiyba, mana shu bo’ladi, Тiyba, mana pgu bo’ladi", deb
(Madinani) aytdilar. Keyin shunday dedilar: "Ogoh bo’linglar, men sizlarga bu haqda
xabar bergan edimmi?» Odamlar: "Ha" deb javob berdilar. Rasululloh aytdilar: "Men
sizlarga Dajjol haqida, Makka va Madina haqida aytgan gaplarim Тamimning xabariga
to’liq mos kelsshi meni ajablantirdi. Bilib qo’yinglar, Dajjol Shom yoki Yaman dengazida.
Yo’q, u mashriq tarafdan (chiqadi). Ha, u mashriqdan (keladi), mashriqdan (keladi)».
Qo’llari bilan mashriqqa ishora qildilar. Men Rasulullohdan mana shu so’zlarni yodimda
saqlab qolganman", dedi Fotima binti Qays («Sahihi Muslim»).
E’tiborli joyi shundaki, Dajjolning nomi Qur’onda ochiq-oydin kelmagan. Haqiqatda, nima
uchun u zikr qilinmagan? Albatta, bu mulohazada jon bor. Lekin Alloh Dajjolni e’tiborga
olmagani, uning ishini nazar-pisand qilmagani uchun bu pastkashning nomini Qur’oni
Karimda zikr qilmasligi, ehtimol, mo’minlarning qalbiga xotirjamlik baxsh etar. Chunki, u
haqiqatda zaif, haqir va aldoqchi. U: "Men ibodatga loyiq ilohman", deb odamlarni
aldaydi.
Ibn Kasir aytadi: "Dajjolning o’zi da’vo qilayotgan rububiyat maqomiga nisbatan
nuqsonli ekani aniq va ravshandnr. Alloh uning nomini Kalomida zikr qilmaganining
sababi shuki, bu narsa, ya’ni, Dajjol nomi Qur’onda aytilmasligi ham mo’min bandalarga
iymonni, Alloh va rasuliga taslim bo’lishni ziyoda qilishini bilgani uchundir»
Qur’on Dajjolni oshkora zikr qilmadi, balki unga ishora qilib o’tdi.
ß,ù=y⇐s9
ÏN≡uθ≈yϑ¡¡9$#
ÇÚö‘F{$#uρ
çt9ò2r&
ô⎯ÏΒ
È,ù=yz
Ĩ$¨Ψ9$#
£⎯Å3≈s9uρ
usYò2r&
Ĩ$¨Ψ9$#
Ÿω
tβθßϑn=ôètƒ
∩∈∠∪