Microsoft Word dajjol ziyouz com doc



Yüklə 242,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/27
tarix12.05.2023
ölçüsü242,34 Kb.
#112229
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Dajjol haqida nima bilasiz

 
ХULOSA 
Dajjol barcha payg’ambarlar tilga olgai g’ayb haqiqatlaridan biri bo’lib, uning surati bizga 
ma’lum. Uni sifatlagan sahih hadislarni ktobimizda keltirdik. Shubhasiz, Dajjol katta 
imkoniyatlarga ega bo’ladi. Hattoki, u o’z zamonasining ilg’or texnologiyasidan ham 
foydalanadi. Albatta, uning davriga kelib texnologiya yanada rivojlanib, tarakkiy etgan 
bo’ladi. Ba’zilarning aytishiga ko’ra, o’n to’qqizinchi asrga kelib fanga ma’lum bo’lgan 
"Uchar likopchalar"ni boshqarayotganlar ham Masihi D,ajjolning lashkarlari emish. Uchar 
likopchalar esa, hadislarda bayon qilingan Dajjoliing tez yurar ulovi emish. Albatta, bular 
dalil-hujjatga asoslanmagai gaplar, xolos. Lekin qanday vosita bilan bo’lishidan kat’iy 
na-zar, u g’ayrioddiy tezlik bilan harakatlanishi xadislarda vorid bo’lgan. 
Rasulullohdan: "Dajjolning tezligi qanday deb so’rashganida, u zot shunday javob 
berganlar: "Yer unga qo’chqorning terisi o’ralgandek o’raladi (ya’ni, uzog’i qisqa 
bo’ladi)". 
Boshqa hadisda: "Uning tezligi shamol xaydayotgan yomg’ir kabidir, deyilgan. 
Nuvos ibn Sam’on rivoyat qilgan hadisda aytiladi: "Ey Rasululloh, uning yerdagi tezligi 
qanday?" deb so’radik. "Shamol haydayotgan yomg’ir kabi", deb javob berdilar. 
Hadisning sharhlovchilara shunday deydilar: «Hadisdagi "yomg’ir" so’zidan aslida bulut 
nazarda tutilgan. Shunga binoan xadisning ma’nosi quyidagicha bo’ladi: "U yer yuzida 
kuchli shamol haydayotgan bulut kabi harakat qiladi". 
Ehtimol, Dajjolning tezligini bulutga o’xshatish zamirida uning tabiatga Alloh tarafidan 
berilgan kuchlardan foydalanishi mumkinligini bildiradi. 


Dajjol haqida nima bilasiz? 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
Тermiziy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deydilar: 
"Dajjolga yuzlari teri qoplangai sovutga o’xshash kavmlar ergashadi". Ya’ni, ular 
janglarda, ko’pincha, dushman zarbasidan saqlovchi dubulg’a kiyib oladilar. 
Shuningdek, sharqiy Osiyo xalqlarining yuzlari yapaloq, yonoqlari sovutga o’xshab 
bo’rtib chiqqan. Ular hozirgi kunda tez suratlarda rivojlanib bormoqdalar. Bu taraqqiyot 
esa dabdaba, isrof va turli xil ma’siyatlarning ildiz otishiga sabab bo’lyapti. Zero, 
Dajjolning chiqishi xam mana shunday fasodning keng tarqalish vaqtiga to’g’ri keladi. 
Alloh taolo aytadi: "... hatto yer chiroy olib, yasan-tusan qilganida va yerning ahli unga 
(ya’ni, yerni qoplagan ekin-tekinlarni o’rib-yanchib olishga) kodirmiz, deb o’ylay 
boshlaganida, yerga kechasi yo kunduzi Bizning farmonimiz kelib, Biz uni go’yo kuni-
kecha obod bo’lmaganidek «o’rib» (vayronaga aylantirib) qo’yurmiz..." (Yunus, 24). 
Nima bo’lishidan qat’iy nazar, Dajjolning lashkari mag’lubiyatga uchraganida, IsoMasih 
uni o’ldirmoqchi bo’lganida unga kuch-kudrati ham foyda bermay qoladi. 
Muhimi, Dajjolning chiqishi qiyomatning katta alomatlaridan biri va bu alomat ko’ra 
dunyoning umri nihoyasiga yetayotganining darakchisi ekanini bilishimizdir. Albatta, bu 
bosqich bilai qiyomat qoim bo’lishi orasida o’nlab, balki yuzlab yillar o’tishi mumkin. 
So’zimizning nihoyasida ta’kidlab o’tmoqchimizki, suyukli nabiyimiz Muhammad 
sollallohu alayhi va sallam kazzob Dajjolga qarshi bizga bergan qurol bilan qurol-
lanishimiz qoldi, xolos. Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: "Sizlardan 
bironta kishi Dajjolga yo’liqsa, unga Kahf surasining avvalini o’qisin" (Muslim, Тermiziy 
rivoyati). 
Hazrati Sayyidimiz yana shunday deydilar: "Sizlardan bironta kishi Dajjolga duch kelsa, 
uning yuziga tupirsin va Kahf surasining avvalini o’qisin" (Тabaroniy rivoyati). 
Allohdan Masihi Dajjol fitnasidan panoh berishini so’raymiz. Тavfiq Undan. Nabiyimiz 
Muhammadga, sahobalariga va oila-a’zolariga Allohning rahmati va salomi bo’lsin. 
Onlineda o’qish: 
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1020.0
Internet uchun Muslima tayyorlagan. 
www.ziyouz.com
2007 

Yüklə 242,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin