www.ziyouz.com kutubxonasi
18
qo’yiladi va ularning zakotini olishga harakat qilinmaydi. Nafrat, adovat va hasad
ko’tarilib ketadi. Odamlar molidan sadaqa berish uchun boshqalarni chaqiradilar. Lekin
bironta odam sadaqa olmaydi" (Sahih hadis. Muslim rivoyati).
Abu Hurayradan rivoyat qilingan yana bir hadisdagi Rasululloh sollallohu alayhi va
sallamning: "Iso ibn Maryam orangizga tushganda, imomingiz o’zingizdan bo’lsa, nima
qilasizlar?" (Boshqa hadisda: "O’zingizdan bo’lgan kishini imom qilsa...") deganlaridagi
«o’zingizdan» lafzi xususida Ibn Abu Zi’b: "Buning ma’nosini bilasizlarmi?" deb so’radi.
"O’zingiz ayta qoling", deyishdi. U javob berdi: "Rabbingizning Kitobi va Nabiyingizning
sunnatiga binoan imomlik qilsa", degan ma’nodadir».
Bir hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Nafsim qo’lida bo’lgan
zotga qasamki, Iso ibn Maryam Ravhodagi tepalikda haj yoki umra yoki ikkisini ado
qilish uchun "labbayka"ni aytadi».
ISO MASIH YER YUZIDA QANCHA TURADI? Iso alayhissalomniig yer yuziga tushganidan keyin qancha muddat turishi haqida turli xil
rivoyatlar kelgan.
Тo’g’ri, u zotning yer yuzida qancha turishlarini belgilab bergan hadislar bor. Ularning
ba’zisida, Iso yer yuzida yigirma to’rt yil turadi, deb aytilgan. Lekin tekshiril-gan sahih
hadislar, u zotning yetti yil turishlarini e’tirof etadi.
Abdulloh ibn Amr rivoyat qilgan hadis:"... So’ngra odamlar yetgi yil turadilar. (Bu vaqt
mobaynida) ikki kishi bir-biri bilan janjallashmaydi. Keyin Alloh Shom tarafdan sovuq
shamol yuboradi" (Sahih hadis. Muslim ryavoyati).
ISONING YERGA TUSHISHI YANGI RISOLAT EMAS Iso alayhissalom oxir zamonda yer yuziga yangi risolat (shariat) olib tushmaydi.
Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam — nabiylarning oxirgisi taolo
Ahzob surasida "Nabiylarning oxirgisi", deb aytgan. Rasululloh sollallohu alayhi va
sallam: "Mendan keyin payg’ambar bo’lmaydi", deganlar. Yana: "Men kuzatuvchiman"
(ya’ni, "payg’ambarlarning oxirgisi va kuzatuvchisiman"), deb aytganlar.
Shuningdek, u zot Umar ibn Хattobga shunday deganlar: "Agar Muso tirik bo’lganida,
faqat menga ergashish unga durust bo’lardi".
Iso alayhissalomning tushishlari esa, oxirgi payg’ambar bo’lgan Muhammad sollallohu
alayhi va sallamdan oldingi payg’ambarning kelishidir. Lekin u zot Muhammad
alayhissalomning shariatlariga ergashadi.
"Eslang (ey ahli kitob), Alloh barcha payg’ambarlardan: "Men sizlarga qanday Kitob va
hikmat bermayin, keyin sizlarning payg’ambarligingizni tasdiq etuvchi bir payg’ambar
(ya’ni, Muhammad alayhissalom) kelgach, albatta, unga iymon keltirursiz va yordam
berursiz", deb ahd-paymon olgach, ularga: "Mana shu ahd-paymonimni iqror bo’lib