Dajjol haqida nima bilasiz?
www.ziyouz.com kutubxonasi
21
ahli sunna val-jamoa Dajjolning chiqishini ko’zimiz bilan ko’ramizmi, yo’qmi, baribir
iymon keltiramiz. Chunki bu haqda bizga to’g’riso’z Muhammad
sollallohu alayhi va
sallam xabar berganlar. Nabiyimiz ko’zlari bilan ko’rib turgandek, uni bizga ta’rifladilar,
aybu nuqsonlarini ochib berdilar. Avvalo, payg’ambarlikni da’vo qilib, so’ngra xudolikni
iddao etishini ham xabar berib aytganlarki: "Albatta, Alloh g’ilay emas. Uning ko’zi
o’rtasida "kofir" degan yozuv bo’lib, uni, o’qishni biladigan,
yoki bilmaydigan har bir
musulmon o’qiy oladi".
Dajjol xudolikni da’vo qilgan vaqtda, mo’minlar "Sening yomonligingdan, Allohdan panoh
so’raymiz", deydilar. O’qishni biladigan-bilmaydigan mo’min borki, uning ikki ko’zi
o’rtasidagi "kofir" degan so’zni o’qishi ham g’ayrioddiy narsa bo’lib, Parvardigorning
mo’min bandalariga bergan ne’matlaridir... Subhonalloh...
Kofir esa o’qishni bilishi yoki bilmasligidan qat’iy nazar, johilligi, kofirligi va g’aflatdaligi
uchun, bu yozuvni o’qiy olmaydi.
Shuningdek, kofir Dajjolnnng illat, nuqsonlarini
payqamaydi. Uning ojizligivi,
yaratuvchi emas, balki maxluq ekanini ko’rib tursa ham,
iloh deb biladi va unga ibodat qiladi. Mana shular Nabiyimiz Muhammad sollallohu alayhi
va sallam xabar bergan, g’ayb ishlarini tasdiqlashdagi ahli sunna
val-jamoaning tutgan
yo’lidir. Biz bu xabarlarga ishonamiz va bu voqealarning sodir bo’lishiga guvohlik
beramiz.
DAJJOL HOZIR QAYERDA?
Dajjolning tarixi asrlar va zamonlar yangilanishi bilan yangilanib turuvchi qadimiy
tarixdir.
Shubhasiz, u mal’undir. Barcha payg’ambarlar uni la’natlagan.
Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Men
sizlarni Dajjoldan ogohlantirganman. Har bir nabiy qavmini undan ogohlantirgan. Nuh
ham qavmini undan ogohlantirgan.
Lekin men sizlarga, u haqda bironta payg’ambar
qavmiga aytmagan so’zni aytaman. Bilib qo’yinglar, Dajjol g’ilaydir. Alloh g’ilay emas".
Abu Umoma rivoyat qilgan hadisda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam
odamlarga nido qilib shunday dedilar: "Ey insonlar! Alloh Odam zurriyotini yaratgandan
beri, yer yuzida Dajjol fitnasidan ko’ra kattaroq fitna bo’lmagan. Alloh azza va jalla
bironta nabiyni yuborgan bo’lsa, albatta, u ummatini Dajjoldan ogohlantirgan. Men
nabiylarning so’ngisiman. Sizlar eng so’nggi ummatsizlar. Shubhasiz, u sizlarga chiqadi.
Agar u men orangizda bo’lgan vaqtda chiqsa, men o’zim har bir musulmon uchun u bilan
hujjatlashib (g’olib chiqaman). Agar u, mendan keyin chiqsa, har bir kishi o’zi
uchun
hujjatlashadi. Alloh mening o’rnimga, har bir musulmonga yordam beradi.-" (Sahih
hadis. Izohi yuqorida o’tdi).
Shubhasiz, Dajjol uzoq zamondan beri mavjud. Ulamolarning ehtimoliy gaplariga ko’ra,
u Muso alayhissalom davrida ham tirik bo’lgan (Muhammad Iso Dovud. «Al-xuyutul
xufya»). Alloh taolo bashariyatni uning yomonlik va musibatlaridan qutqarish uchun Iso
alayhissalomni yer yuziga tushirgunicha, u tirik bo’ladi.
Dajjolning bunday uzoq umr ko’rishining siri quyidagicha bo’lishi mumkin. Dajjol,
yomonlik, fitna, zalo-lat va makr-hiyla jihatidan iblisga o’xshaydi. Alloh taolo iblis va
uning yordamchilariga qiyomatga qadar yashamoq
uchun muhlat berganidek, Dajjolga