www.ziyouz.com kutubxonasi
17
qanday o’qiymiz", deb so’rashdi. "(Dajjol chiqqan) o’sha uzun kunlarda (oldin)
qilganingiz kabi vaqtni belgilab, namoz o’qiyveringlar", deb javob berdilar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yana shunday dedilar: "Iso alayhissalom ummatim
ichida adolatli hakam va odil imom bo’lib turada. Хochni sindiradi, cho’chqani so’yadi
(ya’ni, o’ldirib yuboradi), jizyani bekor qiladi, (ya’ni, ahli kitob Islomni qabul qiladi)
sadaqani tark etadi, qo’y va tuyalarning zakotini olishga harakat qilinmaydi (chunki
sadaqa va zakotni hech kim olmaydi), nafrat va adovat ko’tarilib ketadi Zaharli
jonivorlarning zahari yo’qoladi. Hatto yosh bola ilonning iniga qo’l suqsa ham, ilon uni
chaqmaydi. Qiz bola sherga narsa suqsa ham, sher zarar bermaydi. Bo’ri xuddi itlardek
qo’ylarni (qo’riqlaydi.) Idish suvga to’lganidek, yer yuzi tiichlikka to’ladi. Odamlarning
gapi bir xil bo’lib, faqat Allohga ibodat qilinadi. Urush olovlari so’nadi. Quraysh o’z
mulkini qaytarib oladi. Yer tog’oraga o’xshab, Odam alayhissalom davri (o’simliklaridek,
katta) o’simliklar undiradi. Hatto bir necha nafar kishi bir bosh uzum ustiga jamlanib
(yeyishganda), uzum ularni to’ydiradi. Yana bir nechta odam anor (yeynsh uchun)
to’planadilar. Anor ularga yetarli bo’ladi. Ho’kiz shuncha-shuncha pul bo’ladi. Ot bir
necha tanga bo’ladi".
“Ey Rasululloh! Nima uchun otlar arzon bo’ladi?" deb so’rashdi.
"Chunki, u urushga minilmaydi (ya’ni, urush bo’lmaydi)".
"Ey Rasululloh! Ho’kizlar nima uchun qimmat bo’ladi?"
"Chunki ular bilan yer haydaladi».
So’ngra Rasululloh sollallohu alayhi va sallam so’zlarida davom etib, shunday dedilar:
"Dajjol chiqishidan oldin uch yil qahatchilik bo’lib, odamlar qattiq ocharchilikda qoladilar.
Birinchi yil Alloh osmonga yomg’irning uchdan birini ushlab qolishni, yerga esa
o’simligining uchdan birini ushlab qolishini buyuradi. Ikkinchi yili kelganda, Alloh
osmonga yomg’irning uchdan ikkisini, yerga ham o’simligining uchdan ikkisini ushlab
qolishni buyuradi. Uchinchi yili Alloh osmonga bir qatra ham yomg’ir yog’dirmaslikni
buyuradi. Bir tomchi yomg’ir ham tushmaydi. Yerga o’simlik undirmaslikni buyuradi.
Yerda bir dona ko’kat o’smaydi. Bironta uy hayvoni va yovvoyi hayvon qolmay, halok
bo’ladi. Alloh xohlagani bundan mustasno". Shu vaqt savol berildi: "Odamlar o’sha
zamonda qanday hayot kechiradilar?"
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam javob berdilar: "Тahlil, takbir, tasbeh, tahmid
mana shular odamlarga ovqat o’rniga o’tadi" (Hasan hadis. Abu Dovud, Ibn Moja
rivoyati).
Bu hadisning qiymati va ahamiyati haqida Ibn Moja shunday deydi: "Abu Hasan
Тanonisdan eshitdim. U Abdurahmon al-Muharibiydan ushbu so’zlarni eshitgan ekan:
"Bu hadisni muallimlar maktab o’quvchilariga o’rgatishlari lozim".
Хullas, har bir mo’min kishi Rabbimiz takdir qilgan ishlarni bajarish uchun Iso
alayhissalomning yer yuziga tushishiga iymon keltirishi lozimdir. Buni sahih mutovotir
hadislar e’tirof qilgan. Biz ushbu hadislarning ba’zilarini aytib o’tdik.
Muslim va Ibn Moja Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh
sollallohu alayhi va sallam shunday deydilar: "Ibn Maryam adolatli hakam bo’lib, yer
yuziga tushadi. Хochni sindirib, cho’chqani o’ldiradi, jizyani bekor qiladi, tuyalar tashlab