www.ziyouz.com kutubxonasi
15
Boshqa rivoyatda: Ya’juj-Ma’jujning "avval bu yerda ko’l bo’lar edi", degan so’zidan
keyin quyidagi jumla kelgan: "So’ngra yo’llarida davom etadilar. Nihoyat "Хomr" degan
toqqa yetib keladilar. U Baytul Maqdisdagi tog’dir. Ular aytadilar: "Yerdagilarning
hammasini o’ldirib bo’ldik. Kelinglar, osmondagilarni ham o’ldiramiz». Ular osmonga
qarata o’q ota boshlaydilar. Alloh o’qlarini qizil qonga bo’yalgan holda o’zlariga
qaytaradi" (Тermiziy "Jome’" kitobida bu hadisni sanadlarini bog’lab keltirgan).
Alloh taolo Ya’juj va Ma’jujni halok qilgach, bo’yinlari tuya bo’yni kabi yo’g’on qushlarni
jo’natadi. Ular Ya’juj va Ma’jujning jasadlarnni chuqur o’raga olib borib tashlaydilar
Тermiziydan boshqalar: "Qushlar Ya’juj va Ma’jujning jasadlarini Muhayyalga olib borib
tashlaydi» (Muhayyal - kun chiqar tarafdagi dengiz), deb rivoyat qilganlar.
«Musulmonlar Ya’juj va Ma’jujdan qolgan o’q-yeylarni yetti yilgacha olovda yog’adilar»
(Sahih hadis. Izohi yuqorida o’tdi).
MO’MINGA XUSHXABAR Dajjolning siyrati qo’rquv va hadikni paydo qiladi. Ha, uning fitnalariga aldanish,
guruhiga qo’shilib qolish, do’zaxiga kirish va nihoyat, uning tobe’lari qatorida halok
bo’lish qo’rquvni paydo qiladi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ummatlarini Dajjoldan aniq va ravshan qilib
ogohlantirdilar. Biz bu hadislarning ba’zisini hukmingizga havola qildik.
Dajjol zikr qilinganida mo’min kishi ogoh bo’lishi va hadiksirashi tabiiy. Lekin vorid
bo’lgan umumiy hadislardan Nabiyymiz sollallohu alayhi va sallamning ummatlariga
mehribonliklarini, ular uchun tashvishlanishlarini va ularniig najot topishiga qanchalar
ishtiyoqli ekanliklarini bilib olamiz: "Men sizlarga Dajjol chiqishidan qo’rqmayman. U
chiqqanda, orangizda bo’lsam, men sizlar uchun u bilan hujjatlashib (g’olib) bo’laman.
Agar u men orangizdan ketganimdan keyin chiqsa, har bir kishi o’zi uchun hujjatlashadi.
Alloh mening o’rnimga har bir musulmonni himoya qiladi".
Bu so’zlar har bir mo’minga qalb oromi va xotirjamlikni baxsh etadi.
Dajjol haqiqiy mo’minga zarar bera olmasligi haqidagi mana bu hadis esa, unga yanada
ko’proq xotirjamlikni keltiradi. Huzayfadan rivoyat qilinadi: "Ba’zilaringiz (tomonidan
sodir bo’ladigan) fitna Dajjol fitnasidan kura, menga xavfliroq» bironta fitna, hoh kichik
bo’lsin, hoh katta, Dajjol fitnasi oldida arzimas bo’lib qoladi. Kimda-kim oldingi
fitnalardan najot topgan bo’lsa, Dajjol fitnasidan ham qutulib qoladi. Allohga qasamki, u
musulmonga zarar bera olmaydi. Uning ikki ko’zi o’rtasiga kofir deb yozilgandir" (Sahih
hadis. Ahmad rivoyati).
Imom Qurtubiy aytadi: «Agar: "Nima uchun hadisda "Dajjol musulmonga zarar bera
olmaydi", deb aytilyapti, axir Madinadan uning oldiga chiqqan kishini arra bilan ikki
bo’lakka ajratib, o’ldiradi-ku. Bu zarar, bo’lib ham, eng katga zarar emasmi?» deb
so’rasalar, shunday javob beramiz: "Hadisdan bu ma’no ko’zlanmagan. Balki hadisning
ma’nosi — haqiqiy musulmon Dajjolni belgilaridan tanigani uchun, la’nati uni fitnaga
solib, dinidan chiqara olmaydi. Kimning iymoni zaif bo’lsa, Dajjol qo’lida sodir bo’ladigan
Dajjol haqida nima bilasiz?
www.ziyouz.com kutubxonasi
16
g’ayrioddiy ishlarni ko’rib, aldanadi va unga ergashadi. Vallohu a’lam» («Тazkira»
kitobidan).