www.ziyouz.com kutubxonasi
11
ey (Allohning) Ruhi", deyishadi. U zot aytadi: "Imomingiz marhamat qilsin (oldinga
o’tsin) va sizlarga namoz o’qib bersin». (So’ngra) Dajjolning oldiga chiqadi. La’nati
kazzob Iso ibn Maryamni ko’rgan zahoti tuz suvda eriganidek erib ketadi. Hattoki daraxt
va toshlar (tilga kirib) nido qiladi: «Ey Ruhulloh (Iso ibn Maryam), mana bu (orqamga
bekingan) yahudiy (Dajjolning tobe’laridan)». Iso ibn Maryam ulardan birontasini
qoldirmasdan, hammasini halok qiladi».
DAJJOLNING FITNALARI Dajjol chiqqach, avvalo, payg’ambarlikni da’vo etadi. Keyin o’zini ibodat qilinadigan iloh
deb e’lon qiladi. Odamlarga "Men sizlarning rabbingiz emasmanmi?" deydi. Dajjol bu
da’voni qilishdan oldin g’ayrioddiy hodisalar yoki mo’’jizalar ro’y beradi. Aslida ular Alloh
taolo bandalarini sinash uchun yuborgan fitna-sinovlar bo’ladi. Bu hodisalarni ko’rib,
mo’minning iymoni ziyodalashsa, kofir zalolatga chuqurroq botadi. Unga ergashganlar
esa, halok bo’ladilar.
Dajjolning fitnalaridan biri Alloh taoloning irodasi bilan o’liklarni tiriltirishidir. Yosh,
baquvvat bir yigitni chaqirib, qilichi bilan uni ikki bo’lakka bo’lib tashlaydi. So’ngra yigitni
turishga buyuradi. Yigit go’yoki hech narsa bo’lmaganidek, kulib turib ketadi.
Uning fitnalaridan yana biri osmonga yomg’ir yog’dirishni buyursa, osmondan yomg’ir
yog’ishi, yerga o’simlik undirishni buyursa, yerdan ko’kat unib chiqishidir. Hatto chorva
mollar (yaylovdan) oldingidan ko’ra semizroq va kattaroq bo’lib, yelinlari sutga to’lib
qaytadi. So’ngra Dajjol odamlar qoshiga kelib, ularni o’ziga ibodat qilishga chaqiradi.
Insonlar bosh tortib, da’vatidan yuz o’giradilar. Shunda yer, go’yoki unda avval o’simligu
nabotot o’smagandek, xarobaga aylanadi. Odamlar qo’lida bironta mol-mulki qolmay
qaytadilar. Yer bo’shab, taqir bo’lib qoladi. Mol-dunyolar yo’q bo’lib ketadi.
Dajjolning fitnalaridan yana biri, u xarobazorlardan o’taturib, unga xazinalarini
chiqarishni buyuradi. Shu zahoti xazinalar to’zg’igan aridek chiqib keladi.
Uning yana boshqa bir fitnasi, u bir kishini chaqirib aytadi: "Agar ota-onangni qayta
tiriltirsam, mening xudoligimga guvohlik berasanmi?" "Ha", deydi u kishi. Shunda ikki
shayton unga ota va onasi suratida ko’rinib: "Ey o’g’lim, unga ergash, u sening rabbing
bo’ladi", deyishadi.
Yana bir fitnasi, uning jannati va do’zaxi bo’ladi. Aslida do’zaxi jannat, jannati esa
do’zaxdir. Kim unga ergashsa, jannat deb o’ylagan anhorga kirgizadi. Lekin u do’zaxga
kirgan bo’ladi. Kimda-kim unga osiy bo’lsa, do’zax deb bilingan anhorga otadi. Aslida uni
jannatga kirgazgan bo’ladi.
Bu fitna va tuzoqlarning hammasi ishonchli, sahih hadislarda kelgan. Dajjolning kimligi
bizga yanada ravshan bo’lishi uchun, shunga o’xshash fitnalar haqida xabar bergan ba’zi
hadislarni keltirib o’tamiz.
Abu Said Хudriydan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:
"Dajjol chiqqanida, mo’minlardan bir kishi uning oldiga boradi. (Yo’lda) qurollangan