Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195384
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
devoni hikmat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
80
muzeyi
28
, Sayramlik Otaxon Azlarxon
29
, Qo‘qonlik Ahmadxon hoji
30
larning xususiy kitob 
jamg‘armalari va shaxsiy kutubxonamizdagi "Devoni hikmat" nusxalaridir
31

Albatta, bunda ham mualliflik masalasini uzil-kesil hal qilish mumkin emas. Chunki 
qaysi qo‘lyozmaga e’tibor qilinmasin, ularda Yassaviy izdoshlari tomonidan yangi 
hikmatlarning qo‘shilganligi, ayrimlari tahrirga uchraganligini payqash uncha qiyinmas. 
Lekin biz ularni tanlashda yassaviylik ta’limoti va mafkurasiga, hikmatlardagi ruhiy 
mohiyat va irfoniy talqinga alohida ahamiyat berdik. 
"Devoni hikmat" joriy nashrlarining kitobxonlar qo‘liga yetib borganligi quvonarli 
holdir, albatta. Biroq bu nashrlarda yo‘l qo‘yilgan ayrim nuqsonlar, ba’zi o‘rinlarda 
so‘zlarning xilma xil yozilish hollari uchraydiki, bular "Devon" matnlari ustida hali jiddiy 
izlanishlar olib borilishini va yanada mukammal nashrlarini tayyorlash zarurligini 
bildiradi. 
Ma’lumki, matbuotda 1991 yil chop etilgan "Hikmatlar" matni xususida bahs-
munozaralar bo‘ldi
32
. Ma’lum bir manbaga tayanmasdan matnga o‘z-o‘zicha yondoshish 
va xato ko‘rsatish na manbashunoslik, na matnshunoslik talablariga to‘g‘ri kelmasligini 
ko‘pchilik biladi. Bahsda ko‘zga tashlangan birinchi kamchilik ham mana shu edi. 
Misollarga murojaat etaylik. V. Rahmonov: 
Jafo tortib yaratganga bo‘ldi qarib, 
G’arib bo‘lib uqbolardin oshdim mano, - 
baytida "uqbo" so‘zi xato ekanligini ko‘rsatadi. "U dunyo, boqiy dunyo" ma’nosidagi 
ushbu so‘z misra mazmuniga muvofiq bo‘lmay, uning o‘rniga "qaltis dovonlar, o‘tish 
qiyin bo‘lgan tog‘ yo‘llari" ma’nosini bildiruvchi "aqaba"ni taklif etadi
33
. Birinchidan, 
"aqaba"da bir bo‘g‘in ortadi. Ikkinchidan, "Devoni hikmat"ning aksariyat qo‘lyozma 
nusxalarida bu so‘z "uqba" shaklida yozilgan. Shu bois: 
Jafo tortib yaratganga bo‘ldi qarib, 
G’arib bo‘lub uqbalardin oshdim mano, - 
tarzida yozilmog‘i lozim. 
Shuningdek, R.Abdushukurov, K.Eraslon va H.Bije nashrlarida ham ba’zi matniy 
farqlar ko‘zga tashlanadi. Buni birgina to‘rtlik misolida olib ko‘raylik: 
I.Haqqul nashrida: 
O’n beshimda huru g‘ilmon qarshi keldi
Boshin egib, qo‘l qovshurib ta’zim qildi. 
Firdavs otlig‘ jannatidin muxsir qildi, 
Diydor uchun barchasini qo‘ydim mano. 
28

7069 (Q)
29
J nusxa
30
Sh nusxa
31
A, V, Z nusxalar. Bundan keyin keltirilajak misollarda qo‘lyozmalarning (qavsda berilgan) shartli belgilari (A,B,V va 
hokazo) ko‘rsatiladi.
32
V.Rahmonov. Adabiy idrok tantanasi//O’zAS, 1998, 23 yanvar; I.Haqqul. Sanamay sakkiz demaylik//O’zAS, 1998, 
20 fevral; N.Jumaxo‘ja. Bahsdan maqsad haqiqat//O’zAS, 1998, 10 iyul; I.Haqqul. Bahs ziyosi - to‘g‘rilik//O’zAS, 
1998, 7 avgust.
33
V.Rahmonov maqolasi


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin