Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195384
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47
devoni hikmat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
68
Qul Xoja Ahmad, dardsiz o’tti umrung, angla! 
Xizmat qilib, eranlarni so’zin tingla. 
Nadomatda yoshing to’kub, tinmay yig'la, 
Munda yig'lab oxiratda kulgon bormu? 
- 63 - 
Bu g'aribliq dushvor ermish, ayo do’stlar, 
Hech kim kelib, g'arib holin so’rg'on bormu? 
Tuni-kuni g'urbat tortib ishq yo’lida, 
Ichi kuyub, hasrat birla to’lg'on bormu? 
G'urbat ichra kechor ermish g'arib holi, 
Hech qolmadi ko’ngul ichra qilu qoli. 
Har bir kunda o’lor ermish yuz ming yo’li, 
Namozu shom, g'arib holin so’rg'on bormu? 
G'ariblig'da yurdum man ayshi noxushg'a, 
Dushvor ermish takya, yostuq anda boshg'a. 
Munglug' bo’lub oto-ono qorindoshg'a, 
Rahim qilib, g'arib holin so’rgon bormu? 
Qorindoshlar hasratinda bo’ldum xarob, 
Yurak-bag'rim kuyub-yonib bo’ldum kabob. 
G'ariblarg'a rahm aylasang, ko’btur savob, 
Ayo do’stlar, bu dardimg'a davo bormu? 
Davom o’rtor ko’ring, mani g'urbat o’ti, 
G'ariblig'da topmadim man halovati. 
"Man mota g'ariban" deb hadis oytti, 
"Faqod mota shahidan" deb o’lg'on bormu? 
G'ariblig'da yururdum man g'urbat tortib, 
Malomatlar birla xalqdin so’z eshtib. 
Tengi to’shum ko’ngul yorutub majol tortib, 
Diydor uchun jonin fido qilg'on bormu? 
Diydor uchun jonin fido qildi ersa, 
Tuni-kuni Haq zikrini aydi ersa
Qul Xoja Ahmad, bu g'urbatga tushti ersa, 
Eshiting, do’stlar, o’lmaslikka imkon bormu? 
- 64 - 
Oshiqlarning so’rog'i, sodiqlarning yarog'i, 
Anbiyolar charog'i, xoksor bo’lg'on Muhammad. 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
69
O’zin solib mehnatga, turluk-turluk zahmatga, 
Osiy, jofiy ummatga, kavsar bo’lg'on Muhammad. 
Otodin yetim qolib, o’zini g'amga solib, 
Xadicha molin olib, chokar bo’lg'on Muhammad. 
Rozi bo’lgon qazoga, rozin oytgon Xudoga, 
Ko’kdin kelgon baloga, sobir bo’lg'on Muhammad. 
Himmat qurini bog'lab, yurak bag'rini dog'lab, 
Sahar vaqtida yig'lab, bedor bo’lg'on Muhammad. 
Haqni qullug'in qilib, Haq amrini xalqqa oytib, 
Kofir, juhudni qo’rqutub, ajdar bo’lg'on Muhammad. 
Anbiyolar xotami, sir-asrori mahrami
Miskinlarni hamdami, yodgor bo’lg'on Muhammad. 
Kunduz ro’zayu namoz, kechasi ajzu niyoz, 
Tilab ummatni qish-yoz, muztar bo’lg'on Muhammad. 
Shomu sahar yig'lar zor, ummat uchun dilafkor, 
Xalqi olamg'a yodgor, yaksar bo’lg'on Muhammad. 
Miskinlarg'a yor bo’lg'on, (ummat) tilab zor bo’lg'on, 
Bolsizlarg'a (bol) bo’lg'on, shahpar bo’lg'on Muhammad. 
Munglug' bo’lg'on muztarga, hozir bo’lg'on gumrohga, 
Yetim bo’lg'on g'aribga, sarvar bo’lg'on Muhammad. 
Qul Xoja Ahmad miskindur, miskinlardin ma’no so’r, 
Miskinliq koni huzur, basar bo’lg'on Muhammad. 
- 65 - 
Tong otquncha g'aflatdaman hayron qolg'on, 
Yo Mustafo! Ilgim oling yo’lda qoldim. 
Vo hasrato ichu tashim isyon to’lg'on, 
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim. 
Ummat bo’lub ummat ishin qilolmadim, 
Bedor bo’lub Haq yo’lig'a kirolmadim. 
Yalg'on ummat xizmatida bo’lolmadim, 
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim. 
Saharlarda jonim qiynab, qon yig'lamay, 
Alloh oytub, qonlar yutub, zor ingramay. 
Yelib-yugurub, eranlardin sir anglamay, 
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim. 
Yo Muhammad, yomon qulni mahrum qo’ymang, 
Osiy, jofiy ummatlarni yo’lda qo’ymang. 
Ro’zi mahshar osiylardin yuz o’girmang, 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin