Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195384
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
devoni hikmat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
74
Yaqin erur ushbu o’lim ermas yiroq
Er ul bo’lur oxiratg'a minsa Buroq, 
Necha boqsang, oqibat ul o’chor chirog', 
Ul chirog'dek bir dam yonib o’chorbizo. 
Vo darig'o, o’tti umrum o’ynab-kulub, 
Oh urarmen nadomatda qonlar yutub, 
Qul Xoja Ahmad, bu hasratdin jonim kuyub
Ko’z yoshini sorig' yuzga sochorbizo. 
- 70 - 
Ayo do’stlar, shunqor qushum uchurdum man, 
Qanot qoqib qaysi taraf ravon bo’ldi. 
Gahi gahi orqasidin unday qoldim, 
Davr olibon ko’zlarimdin nihon bo’ldi. 
Ayoq bog'in mahkam tutmay qochurdum man, 
Silab-siyfab tobin tobmay uchurdum man. 
Nadomatda qoldi umrum kechurdum man
Emdi maning ishim ohu fig'on bo’ldi. 
So’rog' so’rsam topilg'oymu o’shal qushum? 
Topilmasa dushvor erur maning ishim, 
Hasratinda tinmay oqor ko’zda yoshim, 
Emdi maning qilg'on sudum ziyon bo’ldi. 
Pirim madad qilsa, qayta qo’lg'a olsam, 
Har bir yungin ko’zlarimg'a surma qilsam. 
Yaxshi toblab qoz, o’rdakka qorshu solsam, 
Bihamdilloh emdi sohib Qur’on bo’ldi. 
Mundog' tuhfa ilgingdadur, qo’yma zinhor, 
Ayoq bog'in mahkam tutub turg'il bedor. 
Oxir bir kun ko’rsatgusi sango diydor, 
Diydor ko’rgon qulni o’rni jinon bo’ldi. 
"Allohumma yo molik ar-riqob" o’qub, 
Ozodlig' baroatini izlab topib. 
Tavba debon egri yo’ldin rostqa qoytib, 
Tavba qilg'on qullar anda mehmon bo’ldi. 
Qul Xoja Ahmad, o’zung g'ofil, aqling zoyil, 
Amaling yo’q, dunyo sori ko’nglung moyil. 
Bul ayoqing ostidadur chohi Hobil, 
Yiqilurin bilgon kishi omon bo’ldi. 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
75
- 71 - 
To’ldi umr paymonasi, 
man yig'lamay kim yig'lasun?! 
Shayton ko’ngul hamxonasi, 
man yig'lamay kim yig'lasun?! 
Qilmas nasihat hech kishi, 
isyon bila bo’ldi ishim, 
Mundog' kechib yozuq ishim
man yig'lamay, kim yig'lasun?! 
Qottig' gunoh bo’ldi ishim, 
jahannamda 
bo’ldi 
yerim, 
Oxir g'azab qilsa Karim, 
man yig'lamay, kim yig'lasun?! 
Qur’on xatin ko’rmas ko’zum, 
oyat-hadis 
ermas 
so’zum, 
Qulman desam, yalg'on o’zum, 
man yig'lamay, kim yig'lasun?! 
Na mundadur ro’za-namoz, 
na xayr, ehsonu niyoz, 
Yo’q haqiqat, xayri niyoz, 
man yig'lamay, kim yig'lasun?! 
Nafsim mani o’tqa solur, 
har lahza tandin jon olur
Dardim davo tobmay qolur, 
man yig'lamay, kim yig'lasun?! 
Shayton g'animdur mango, 
nechuk aylay yo Rabbano, 
Yo Rab, sig'inurman sango, 
man yig'lamay, kim yig'lasun?! 
Yigitlik quvvati ketti, 
qariliq 
navbati 
yetti, 
Keldi yaqin margi ajal
man yig'lamay, kim yig'lasun?! 
Tutqoy o’lum jomi sharob, 
xonumon 
qilg'on 
xarob, 
Yo hasrato, alal-abad man yig'lamay, 
kim 
yig'lasun?! 
Agar yuz yil muhlat berur, 
ajal oxir qorshu kelur, 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin