Xorazm o‘zbeklarining tili haqida ilk ma’lumotni Venger olimi G. Vamberi
o‘zining “Cagataische Sprachstudiyen” nomli asarida yozib (Leypsig 1867) chig‘atoy
Vamberi o‘zbek tili shevalarini 3ta dialektga bo‘ladi. 1. Qo‘qon 2. Buxoro 3.
Xiva dialektlari. Qo‘qon va Buxoro shevalarining xususiyatlari haqida u hech qanday
15
ma’lumot bermaydi. Lekin Xiva dialekti haqida ancha keng to‘xtalgan va quyidagilarni
yozgan. “Shaharlarda sartlar yashaydi. O‘zbeklar esa qishloq joylarda turadilar.
Shaharliklar tili qishloqdagi o‘zbeklarning tilidan farq qiladi, bu farqlar quyidagilardir:
5.
Shaharliklarning tilida arab va fors tillaridan kirgan so‘z va iboralar qishloq
o‘zbeklarininkiga qaraganda ko‘proq;
6.
Urg‘uni ishlatishda keskin farq seziladi;
7.
Qishloq aholisi tovushlarni qattiq aytadi, shaharliklar yumshoqroq talaffuz
qiladilar (k-g‘, k-g tovushlari haqida)
8.
Qishloq aholisi k tovushini normal talaffuz qiladi, Xivada esa gtarzida aytiladi.”
Xrestomatiya materiallari ichida berilgan namunalar ham (maqollar) bor. Lekin
bu maqollar adabiylashtirilib berilgan. Shuning uchun bu materiallarda turli tipdagi
sheva xususiyatlari o‘z aksini topmagan. Masalan; савлыкым- байлыкым,
хасталыкым-маклайкаралыкым kabi maqolllar berilgan.
Akad. A. N. Samoylovich 1908 yilda Xivada bo‘lgan. U Xorazm shevalarini
maxsus o‘rganmasa ham “Turk tillarining tasnifiga ba’zi bir qo‘shimchalar”
(Nekotoriye dopolneniya klassifikatsii turetskix yazikov Petrograd 1922) nomli asarida
o‘zbek tilining boshqa shevalari bilan bir qatorda Xorazm aholisining tili haqida ham
fikr yuritadi. Uning tasnifiga ko‘ra turkiy tillarning V gruppasiga kiradigan Xorazm
shevalari o‘zlarining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha “o‘rta, qipchoq-turkman”
gruppasini tashkil qiladi. UXiva shevasini qaysi xususiyatlariga ko‘ra turkman tiliga
yaqin ekanligini aniq ko‘rsatib bermagan.
Prof. I. I. Zarubin Turkiston o‘lkasining xalqlari to‘g‘risida fikr yuritib, hududga
tarqalgan o‘zbek shevalarining umumiy tasnifini beradi. U o‘zbek shevalarining til
xususiyatlariga to‘xtamaydi, balki Xiva, Farg‘ona, Toshkent, Buxoro va Samarqand
shevalari deb yirik shaharlar nomini keltirgan xolos.
Prof. G‘. O. Yunusov ham 1936 yilda “O‘zbek lahjalarining tasnifida bir tajriba”
nomli monografiya yozib, barcha o‘zbek shevalarini 3 ta katta guruhga bo‘lib, ilmiy
asoslab bergan.
4.
O‘zbek-qipchoq shevalari
5.
Turk-barlos shevalari yoki chig‘atoy shevalari
6.
Xiva-Urganch shevalari
G. O. Yunusov ba’zi o‘rinlarda Xiva-Urganch shevasini qarluq guruhiga ham
kiritgan. Lekin nima uchun qarluq lahjasiga ham kiritganligini bayon qilmagan. Ozbek
shevalarini chuqur ilmiy asosda o‘rganish 1920 yillardan boshlandi. Bu ishni Ye. D.
Polivanov o‘zbek shevalarni o‘rganishni Toshkent shevalaridan boshladi. Xorazm
shevalarini o‘rganishni “ Shovot r-n Qiyot-qo‘ng‘irot qishlog‘I shevasi” nomli asarini
yozishdan boshladi. Bu asarida Xorazm shevalarinin 3 guruhga bo‘ladi.
1. Janubiy Xorazm guruhi
2. O‘rta Xorazm guruhi
3. Shimoliy Xorazm guruhi
60-yillar ichida F. Abdullayevning “Xorazm shevalari fonetikasi A. Ishayevning
“O‘zbek tili mang‘it shevasining fonetik xususiyatlari”, Yu. Jumanazarovning
“Xazorasp shevasining morfologik xususiyatlari”, E. O‘rozovning “Janubiy
Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalari” kabi ishlari yuzaga keldi
16
O‘zbek shevashunosligi bo‘yicha Ye. D. Polivanov, A. K. Baravkov,
K.K.Yudahin, V.V.Reshetov, Sh. Shoabdurahmonovlarning tadqiqotlarini inobatga
olgan holda F. Abdullayev Xorazm shevalarini 2 ta guruhga ajratadi.
1.
O‘g‘uz shevasi
2.
Qipchoq shevasi
Ularni mayda guruhchalarga ajratadi.Qipchoq lahjasi: a) j-lashgan shevalar, b) y-
lashgan shevalar, d) a-lshgan shevalar, e) aralash tip shevalar. O‘g‘uz lahjasi: a)
Urganch-Xiva shevalari, b) Xazorasp-Yangiariq shevalari, d) aralash tip shevalar.
Dostları ilə paylaş: