Tayanch tushuncha:
1.Sheva,
2. Dialekt ,
3. Tasnif
15-ma’ruza
Mavzu: O‘g‘uz lahjasining muhim xususiyatlari
1. O‘g‘uz lahjasiga birlashuvchi dialektlar
2. O‘g‘uz lahjasining fonetik va leksik xususiyatlari
3. O‘g‘uz lahjasining grammatik xususiyatlari
Mavzuning qisqacha bayoni:
O‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasi Xorazm viloyatida keng tarqalgandir. Bundan
tashqari Xorazm vohasida boshqa sheva vakillari ham yashaydialr. Jumladan, qozoq,
qoraqalpoq, turkman, tatarlar ham istiqomat qiladi. Xorazm viloyatining Yangibozor,
Gurlan avvalgi Mang‘it tumanlari tili qipchoq lahjasiga qolgan tumanlari aholisi tili
o‘g‘uz lahjasiga mansubdir. Bundan tashqari o‘g‘uz lahjasi vakillari Toshhovuz shahri
va r-nida Ko‘hna Urganch tumani markazida Qoraqalpog‘istonning Beruniy, To‘rtko‘l,
Qozog‘istonning Chimkent, Turkiston hududida yashovchi o‘zbeklarning barchasi
o‘g‘uz lahjasida gaplashadilar. Bundan tashqari Buxoro vil.ining Olot, Qorako‘l
tumanlarida ham o‘g‘uzlar yashaydilar; Samarqand vil.ining Forish r-niga tarqalgan
o‘zbek shevalarida ham o‘g‘uz shevasida gapiruvchi aholi yashashini Sh.
Egamberdiyeva qayd qilib o‘tgan.
Yuqorida qayd qilingan tumanlardan tashqari Vobkent, Romitan va Buxoro
tumanlarining ayrim qishloqlarida ham o‘g‘uzlar yashashini prof. M. Mirzayev o‘z
ishida qayd qilib o‘tgan. Bu tipdagi o‘g‘uz shevalari ko‘p jihatdan Xorazm o‘g‘uz
shevalariga yaqin turadi. Vil.ga tarqalgan o‘g‘uz shevalari Buxoro dialektining ta’sirida
o‘g‘uz shevalariga xos bo‘lmagan anchagina fonetik-morfologik xususiyatlarini
o‘zlashtirganlar. Tarixiy etnografik adabiyotlarda va lingvistik tekshirishlarda genetic
jihatdan o‘zbek xalqi tarkibiga kirgan qarluq, o‘g‘uz, qipchoq etnik guruhlarining
hozirgi O‘zbekiston hududiga tarqalish tarixi ularning o‘zaro munosabatlari nihoyat
darajada murakkab bo‘lganligini bildiradi.
Lingvistik jihatdan qaraganda o‘g‘uz etnik guruhiga aloqador bo‘lgan aholi
asosan Xorazm vohasida va mayday guruhchalarga bo‘lingan holda Sirdaryoning o‘ng
qirg‘oqlarida hozirgi Chimkent vil.ining hududida yashaydi. Bu aholining tili o‘g‘uz
17
tillariga xos bo‘lgan juda qadimgi xususiyatlarini hamon saqlab kelmoqda. Tarixan
qipchoq shevasiga aloqador Bog‘ot tumanining Xitoy qishloq aholisi Orol bo‘ylaridan
ko‘chib kelganlariga 400 yil bo‘lishiga qaramasdan o‘z til xususiyatlarini saqlab
qolganlar. M. Qoshg‘ariyning ma’lumotiga ko‘ra, Qarnoq o‘g‘uz shaharlaridan biri
bo‘lgan. Hozir ham bu qishloq o‘g‘uzcha gapiradi. Xorazm o‘zbeklarining tili haqida
ayniqsa o‘g‘uz shevasi haqida Venger olimi G. Vamberi “Chig‘atoy tili xrestomatiyasi”
asarida to‘la ma’lumot beradi. Xrestomatiyada hikmatli so‘zlar, maqollar ko‘p uchraydi.
Lekin ular adabiy tilda berilganligi uchun ilmiyligi pasaygan. Akad. A. N. Samoylovich
“Turk tillarining tasnifiga ba’zi bir qo‘shimchalar” nomli asarida Xorazm shevalarini
turkey tillarning 5-guruhiga kiritgan. 1936 yilda prof. G‘. Olim o‘zbek shevalarini 3
guruhga ajratgan.
4.
O‘zbek-qipchoq shevalari
5.
Turk-barlos shevalari
6.
Urganch-Xiva shevalari
Prof. F. Abdullayev o‘g‘uz lahjasini 2 guruhga ajratgan.
5.
Urganch-Xiva shevalari
6.
Xazorasp-Yangiariq shevalari
O‘g‘uz shevalari haqida Vamberi Ozarbayjonliklarning ta’siri deb tushuntiradi.
Ba’zi o‘rinlarda o‘z tasnifida Ye. D. Polivanov o‘g‘uz shevalarini turkmanlashgan,
qipchoq shevalarini qozoqlashgan deb tushuntiradi.Prof. M. Melioranskiy jonli
shevalarni o‘rganish eng qadimgi yodnomalarni ham to‘g‘ri o‘qishga va uqishga juda
katta yordam beradi va bu borada bebaho material yetkazib beruvchi nodir manbadir
deb yozadi.
Dostları ilə paylaş: |