Tayanch tushuncha:
1. Izоglоssa.
2. Karta.
3. Dialеktоlоgik atlas.
4. Izоfоnеma.
5. Izоmоrfеma.
18-ma’ruza
Mavzu: Adabiy til va dialekt munosabati
Reja:
1.
Sheva, milliy til va adabiy til tushunchalari
2.
Dialektal xato va ularni bartaraf etish yo‘llari
3.
Bir xalq tilining turli davlat hududlarida rivojlanishi
Sheva, milliy til va adabiy til tushunchalari.
O‘zbek shevashunosligida mavjud bo‘lgan ilmiy adabiyotlarda sheva, lahja va
dialect atamalari turlicha ma’nolarda qo‘llanilib kelmoqda. Mazkur atamalarning
ma’nosi ham bir-biridan unchalik uzoq emas. Sheva – forscha so‘z bo‘lib, asl ma’mosi
ovoz, til, so‘zlashish, odat, yo‘sin, ravish kabi ma’nolarni anglatadi. Ammo
tilshunoslikka oid atama sifatida qo‘llanilganda “o‘ziga xos fonetik, grammatik va
leksik xususiyatlarga ega bo‘lgan, muayyan hudud bilan chegaralangan o‘zbek tilining
bir tarmog‘i sheva deyiladi”. Shevalar hatto kishik bir qishloq hududi bilan ham
chegaralanishi mumkin. Masalan, Toshkent shevasi, Andijon shevasi va boshqalar.
Keyingi yillarda sheva atamasi bilan bir qatorda – dialekt atamasi ham
ishlatilmoqda. Dialekt so‘zi lotincha bo‘lib, adabiy tildan o‘zining ba’zi bir (fonetik,
grammatik, leksik) farqlanadigan umummilliy tilning yirikroq bo‘lago dialekt deb
yuritiladi.
Kichik shevalar yig‘ilsa, lahjani yuzaga keltiradi. Shu bois, “bir-biriga yaqin
shevalar yig‘indisi lahja deb yuritiladi”. Lahja – so‘zi arab tiliga xos bo‘lib, ifoda, so‘z,
sheva, ovoz kabi ma’nolarni o‘zida mujassamlashtiradi. Lahja atamasi keng va tor
ma’nolarda qo‘llanilib kelinadi. O‘zbek tilshunosligida shevalardagi asosiy
xususiyatlarni o‘zida birlashtiruvchi shevalar yig‘indisi ma’nosida qo‘llanilishi uning
keng ma’noda qo‘llanilayotganini bildiradi. Ba’zan esa, dialekt (sheva) atamalari bilan
ham mos kelib qoladi. Bunda u tor ma’noda qo‘llanilayotgn bo‘ladi.
Milliy til tushunchasi barcha sheva hamda lahjalarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Milliy tilimiz chegaralangan va chegaralanmagan leksika, yangi va eski so‘zlar, kasb-
hunarga oid so‘zlar, tabu va evfemizmlar, varvarizm, jargon va argolar, xullas
tilimizning barcha leksik qatlamlarini qamrab oladi.
O‘zbek adabiy tili esa, ana shu lisoniy vositalarda saylab olinib, sayqallanib,
tartibga solinib shakllantirilgan, O‘zbekistonda yashayotgan barcha sheva vakillari
22
uchun tushunarli bo‘lgan til hisoblanadi. O‘zbek adabiy tili ana shu sheva va lahjalardan
oziqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |