Microsoft Word Dialekt Majmua


Bir  xalq  tilining  turli  davlat  hududlarida  rivojlanishi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/87
tarix28.12.2021
ölçüsü0,69 Mb.
#48113
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   87
ozbek dialektologiyasi

Bir  xalq  tilining  turli  davlat  hududlarida  rivojlanishi.  Ma’lum  bir 

territoriyada  istiqomat  qiladigan,  muayyan  millatga  xos  tillar  bugungi  kunda  mavjud 

chegaralar  bilan  cheklanib  qolmaydi.  Masalan,  o‘zbek  tilining  tarqalish  areali 

O‘zbekiston  davlati  chegaralaridan  ancha  yiroqdagi  o‘lkalarni  ham  qamrab  oladi. 

Jumladan, qo‘shni Afg‘oniston hududida bir nech millionlik o‘zbek tilida gaplashuvchi 

aholi yashaydi. Yoki Sharqiy turkiston deb hisoblanayotgan Xitoyning janubiy-g‘arbiy 

hududlarida,  Tojikistonda,  Qozog‘iston  va  Qirg‘izistonning  bir  qancha  viloyatlarida 

o‘zbek tilida gaplashuvchi aholi istiqomat qiladi.  

Ana  shu  hududlardagi  o‘zbek  tili  va  shevalari  ham  bizning  milliy  tilimiz 

tarkibiga  aloqador  hisoblanadi.  Bu  hududlardagi  o‘zbek  shevalari  ham  ko‘pchilik 

olimlarimiz tomonidan o‘rganilgan, tahlil va tadqiq qilingan. 

Bugungi  globallashuv  zamonida  dunyoning  turli  o‘lkalariga  o‘zbek  millatiga 

mansub  kishilar  borib  ishlab,  yashab  faoliyat  olib  bormoqda.  Jumladan,  Amerika, 

Germaniya,  Rossiya  va  boshqa  dunyoning  ko‘plagan  davlatlari  hududida  o‘zbek  tilida 

gaplashadiga  kishilar  mavjud,  ularning  til  xususiyatlarini  o‘rganish,  osha  yerdagi 

o‘zbekcha  nutqning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  tadqiq  qilish  ham  o‘zbek  tilshunosligi, 

xususan, shevashunosligi sohasining vazifalari sirasiga kiradi.   


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin