130
Mustaqil ta’lim –
insonning o‘zi tanlagan vositalar va adabiyotlar yordamida
ajlodlar tajribasini, fan va texnika yutuqlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan shaxsiy
harakatlari.
Magistratura
- aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy
ta’lim.
Madaniyat («cultura»
so‘zidan olingan boiib, parvarish qilish, ishlov berish
ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli
qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy
va ma’naviy boyliklar tizimi.
Mazmun
(ta’lim (bilim olish) mazmuni) – ta’lim jarayonida shaxs
tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka,
fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi.
Maktabgacha ta’lim
– bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib
shakllanishini ta’minlovchi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otuvchi, uni
muntazam ta’lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari hamda oilalarda amalga
oshiriluvchi ta’lim bosqichi.
Maktabdan tashqari ta’lim
– madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va
boshqa yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yiluvchi, bolalar hamda o‘smirlarning ta’limga
bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning
bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan ta’lim
bosqichi.
Dostları ilə paylaş: