133
O‘z-o‘zini baholash
– mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil
qilish asosida o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli.
O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish
– o‘z shaxsi,
mavjud fazilatlari, xatti-
harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni
bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli.
O‘zlashtirish
– ta’lim jarayonida ustuvor o‘rin tutuvchi
ijtimoiy talablarga
muvofiq shaxs tomonidan muayyan xatti-harakat va xulq usullarining egallanishi.
O‘rgatish
– tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini
shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy
ishlar.
O‘quv fani
- ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yosh,
idrok etish
imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki
mutaxassislik
bilimlarini berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni
ta’minlovchi manba.
O‘quv qollanmasi
- 1) ma’lum o‘quv fanlari bo‘yicha
metodik materiallar,
tushuntirishlar, tavsiyalarni yorituvchi hamda o‘qituvchi yoki o‘quvchilar uchun
mo‘ljallangan manba; 2) muayyan fan bo‘yicha
tayyorlangan hamda metodik
jihatidan o‘quv-tarbiyaviy jarayonda bevosita foydalanish imkonini beruvchi
qo‘shimcha o‘quv materiallari.