24
2.Bolalar bilan individual ish (ta`limiy faoliyatlardan keyin).
3.Ota-onalar bilan ishlash.
Rejada guruh bolalarining ro‘yxati, adabiyotlar ro‘yxati, ish kuni
davomida bolalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha mashg‘ulotlar jadvali kiritiladi.
Kundalik reja 1-2 haftaga mo‘ljallab tuziladi. U reja-konspekt shaklida
yozilib, unda butun ish kuni davomidagi faoliyat batafsil yoritiladi:
ertalab (bolalar bilan individual ishlash, madaniy-gigiyenik va o‘z-o‘ziga
xizmat ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha ish, didaktik o‘yinlar o‘tkazish va
boshq.), mashg‘ulotlar davomida (uning turi, mavzusi, maqsadi, kerakli jihozi,
mashg‘ulotning borishi), sayr paytida (kuzatish, mehnat, harakatli o‘yinlar, o‘yin
faoliyati, yakka ishlash, bolalarning uyga ketishi).
Pedagog reja shaklini mustaqil tanlashi mumkin. Shunga qaramasdan, MTT
pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan reja yozishning yagona shaklidan
foydalanish tavsiya etiladi.
Istiqbolga mo‘ljallangan mavzular rejasi quyidagilarni nazarda tutadi
:
1. Bolalar asosiy faoliyat turlarining o‘zaro bog‘liqligini (o‘yin, mehnat,
ta’lim va h).
2. Bir oyga mo‘ljallangan vazifalarning ketma-ketlik va muntazamlilik
tamoyilining amalga oshirilishini.
3. Muayyan yosh guruhiga doir dasturning barcha bo‘limlaridagi
vazifalarning o‘zaro bog‘liqligini.
4. Bevosita ta`limiy faoliyat, o‘yin, mehnat faoliyatidan keyin ayrim bolalar
bilan individual ishlashning tizimliylik asosida olib borilishini.
5. Kuzatuvlarni bir kun oldin yoki shu kuni rejada qayd etishni.
Rejani bunday tarzda yozish turini qo‘llaganda yakuniy ta`limiy faoliyat,
suhbat, ekskursiyalar, kompleks faoliyatlarning kuni belgilanib olinishi zarur.
Bunday rejalashtirish pedagogning kuchi va vaqtini tejash bilan birga, bolalar bilan
ta’lim-tarbiya ishlarining yaxlit manzarasini ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Bu o‘z
navbatida bir yilga mavzular bo‘yicha rejalashtirish, ta’lim sohalarini o‘zaro
uyg‘unlashtirish, loyihalarni va bolalarning sinov-tadqiqot faoliyatini amalga
oshirish hamda integral ishlash tamoyilini joriy etishda katta ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: