19
va hatto undan ilgarilashini ko‘rsatdi. Kun tartibi, chiniqtiruvchi muolajalar,
muntazam jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, xilma-xil harakatli o‘yinlar va jismoniy
mashqlar, faol harakat rejimi bolalarning maktabda o‘qishga jismoniy tayyorligini
ta’minlashning zaruriy shartlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga
muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalarning mustaqil ta’lim berishi
orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida,
shuningdek MTTlariga jalb qilinmagan bolalar uchun MTTlarda, maktablarda,
mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bu yerda
ular haftada 2-3 marta shug‘ullanishadi. Ota-onalarga maktabgacha ta’lim
shaklini tanlash huquqi beriladi.
6-7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorligini
aniqlashda maktabgacha
yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug`ullanuvchilar asosiy shart
hisoblanmish - bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi
hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko‘prik vazifasini o‘tashini, oila yoki
MTTdagi ta’lim-tarbiya sharoitlarida maktab ta’limiga ozorsiz o‘tkazishni
ta’minlash zarurligini hisobga olishlari lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi
hamisha
uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabatlarida anchayin jiddiy o‘zgarishlarni
yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani yoki uydayoq maktab ta’limiga
tayyorlash, uni uncha qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalar
bilan tanishtirip kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: